Oʻzbekiston Rossiyadagi muhojirlar huquqlari buzilayotganidan havotirda
Kuni kecha Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bobur Usmonov Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Oleg Malьginov bilan uchrashuvda Rossiyada oʻzbekistonlik mehnat muhojirlariga nisbatan qoʻpol muomala va huquqlar buzilishi holatlari koʻpaygani yuzasidan oʻz xavotirini bildirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston tomoni mazkur holatlar Rossiya hududida faoliyat yuritayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz sifatida baholanishi, bu huquqlar esa mezbon davlat qonunchiligi asosida kafolatlanishi kerakligini taъkidladi.
Shuningdek, vazir oʻrinbosari ushbu masala Rossiyaning tegishli idoralari tomonidan sinchkovlik bilan oʻrganilishi zarurligini aytib oʻtdi.
Muzokaralar davomida, tomonlar ikki davlat fuqarolarining huquq va erkinliklarini oʻzaro hurmat qilish va himoyalashda hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi, deyiladi xabar matnida.
Eslatib oʻtamiz, 30 aprelь kuni Moskvada oʻtgan muzokaralarda Oʻzbekiston va Rossiya Bosh prokuraturalari mehnat migratsiyasi jarayonida fuqarolarning huquqlarini taъminlash boʻyicha nazoratni kuchaytirishga kelishgan edi.













