Orol dengizining shimoliy qismida suv hajmi sezilarli darajada oshdi. Suv xoʻjaligi va irrigatsiya vazirligi maʻʻlumotiga koʻra, Shimoliy Orol dengizini saqlab qolish loyihasining birinchi bosqichi yakunlari suv hajmini 42 foizga koʻpayishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda dengizdagi suv hajmi 27 milliard kub metrni tashkil etmoqda. Shuningdek, suvning shoʻrlanishi qariyb toʻrt baravarga kamaygan, baliq ovlash hajmi esa yillik 8 ming tonnaga etgan.

2024 yil davomida vazirlik Orol dengiziga 2,6 milliard kub metr suv etkazgan boʻlib, bu Sirdaryo suvini samarali taqsimlash va tejash natijasida amalga oshirilgan. Sugʻorish davrida rekord darajadagi 1 milliard kub metr suv etkazib berilgan. 2022 yilda esa bu koʻrsatkich atigi 816 million kub metrni tashkil etgan.

Suv xoʻjaligi va irrigatsiya vaziri Nurjon Nurjigitov ushbu natijalarni soʻnggi ikki yil davomida amalga oshirilgan tizimli ishlar samarasi sifatida baholadi. U qoʻshni davlatlar bilan transchegaraviy suv resurslarini tejash va adolatli taqsimlash boʻyicha kelishuvlar samarali natijalar berganini taʻʻkidlab oʻtdi.

Orol dengizini tiklash loyihasining asosiy maqsadi ekologik vaziyatni yaxshilash, baliqchilik va turizmni rivojlantirish, shuningdek, aholi turmush farovonligini oshirishdir.

2024 yil oktyabrʻ oyida ham dengizdagi suv hajmi 22 milliard kub metrga etgani haqida xabar qilingan edi.

Mavzuga aloqador