Tahlil
-
Oxirgi kunlarda Falastin davlatini tan olishni qoʻllab-quvvatlayotgan koalitsiya kuchayishi kuzatilmoqda. Ekspertlar buni insonparvarlik harakati emas, balki strategik qasos sifatida baholashyapti. Frantsiya, Ispaniya, Irlandiya, Norvegiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa davlatlar “adolat” uchun emas, balki AQSh va Isroilga qarshi geosiyosiy oʻyin uchun birlashmoqda.
-
Isroilning Sudanga nisbatan siyosatidagi "bosh gʻoya" Devid Ben-Gurionning mashhur bayonotidan olingan: “Biz (Isroil) kichik bir xalqmiz. Imkoniyatlarimiz cheklangan. Bu cheklovlarimizni Arab davlatlaridagi dushmanlarimiz bilan urushda zaif nuqtalarini aniqlash va chuqur oʻrganish orqali bartaraf qilishimiz kerak. Ayniqsa etnik, mazhabiy guruhlar va ozchiliklar oʻrtasidagi ziddiyatlarni kuchaytirar ekanmiz, ularni echilmaydigan muammoga aylantirishimiz zarur”. Mazkur “bosh gʻoya” Isroilning arab mamlakatlari bilan qanday muomala qilishini belgilab beradi. Uning asosida yahudiy davlati “periferiya strategiyasi”ni – yaъni arab mamlakatlarining chekka hududlaridagi beqarorlikni kuchaytirish strategiyasini ishlab chiqqan. Bu aynan Janubiy Sudandagi boʻlinish orqali amalga oshirildi.
-
Agar biz sunъiy intellektga koʻproq suyanib qolsak, miya faoliyatimizda qanday oʻzgarishlar yuz beradi? Sunъiy intellekt rostdan ham bizga biror narsani oʻrganishda katta yordam beradimi yoki aksincha – bizni loqayd va fikrlamaydigan insonlarga aylantiradimi? Massachusets texnologiya instituti (MIT)ning yangi tadqiqoti hayratlanarli va baъzi oʻrinlarda xavotirli natijalarni koʻrsatdi. Ushbu maqolamiz ChatGPT va boshqa neyron tarmoqlar miya faoliyatimiz, xotiramiz va mustaqil fikrlashimizga qanday taъsir qilishi haqida.
-
Hokim qoʻl ostidagilarni “maraz”, “xezalak” deb haqoratlasa, prokuror qonunga koʻra emas, hokim “olib borib, tiqib qoʻy” deganni qamasa, militsiya boshligʻi fermerlarni ichkarisi etmish-sakson gradus qaynab turgan, konditsionersiz avtobusga uch soatlab qamasa, savol tugʻiladi xalqni “himoyachilar”ning oʻzidan himoya qilish zarurati yuzaga kelmadimi?!
-
Bayrutdan Dubaygacha choʻzilgan osmonoʻpar binolar, Qohira va Kasablankaning tor koʻchalari, Tunis va Rabotning hashamatli joylari – bularning barchasi bugungi arab shaharlarining yangi qiyofasini ifodalaydi. Ammo bu yangilanish va modernizatsiya tashqaridan qaraganda chiroyli koʻrinsada, oʻzida ogʻir ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy ziddiyatlarni yashirib turadi. Arab shaharlari hozirgi paytda oʻz meъrosini yoʻqotayotgan, oddiy xalqni esa chekka hududlarga haydab chiqarayotgan ulkan bozorlarga aylanmoqda.
-
Hech qachon odamzot bugungidek maъlumotga boy boʻlmagan. Har soniyada YouTube'ga 500 soatlik yangi videolar yuklanadi, har kuni internetda 7 milliondan ortiq post yoziladi. Har birimizda choʻntagimizdagi telefon orqali ilm olish imkoni bor. Ajablanarlisi, shuncha imkoniyatlarga qaramay bugungi avlod maъnan qashshoqlikda ajdodlaridan oʻtib ketyapti.
-
Oldinroq, Azon Global nashri Toshkentda pivo festivali oʻtkazilgani haqidagi oʻzining tanqidiy-tahliliy materialini eъlon qilgandi. Koʻpchilik oʻzbek nashrlari ushbu holatga eъtibor qaratmadi. Ayrim rusiyzabon OAV esa bu holatdan shodlanib, oʻz manfaatidan kelib chiqib talqin qildi. Afsuski, maъnaviyatimizga uyushtirilayotgan hujumga tabiatga etkazilayotgan zararchalik eъtibor qaratmayapmiz. Shunga qaramay, "Milliy tiklanish" partiyasi raisi oʻrinbosari Feruza Muhammadjonovaning pivo festivali haqidagi oʻrinli eъtirozlari eъtiborimizni tortdi. Bu haqdagi maqolani eъtiboringizga havola etmoqchimiz.
-
Ishgʻol ostidagi Quddus bugun nafaqat askarlar yoki temir toʻsiqlar, balki turli shoular, musiqa, sanъat va madaniyat niqobidagi buzgʻunchiliklar orqali ham bosib olinmoqda. Ishgʻolchi tuzum shaharning har bir qarichini, har bir yodgorligini, har bir qadimiy manzarasini oʻzgartirish uchun barcha vositalarini ishga solyapti. Ular Quddusning islomiy ruhini, ming yillik tarixini yoʻqotish, uning oʻrniga yahudiylik ramzlarini joylashtirish uchun turli koʻrinishdagi qurollaridan foydalanyapti. Bu jarayon sekin, lekin muttasil davom etmoqda.
-
Shu kunlarda Suriyada yana notinchlik. Bosqinchi isroil Suvaydadagi druzlardan foydalanib, Shom diyorini yana olovlantirmoqchi. Biz bugun ushbu voqealar rivoji haqida emas, balki sionistlar qoʻlida qoʻgʻirchoq boʻlib, musulmonlarning yosh bolalarini oʻldirayotgan, ayollarini zoʻrlayotgan druzlar haqida gaplashmoqchimiz. Xoʻsh, ular aslida kim?
-
1974 yil fevralь oyida Pokistonning Lahor shahrida Islom hamkorlik tashkilotining ikkinchi sammiti boʻlib oʻtdi: bu tarixiy uchrashuvda 35 dan ortiq musulmon davlatlari rahbarlari ishtirok etdi. Bu Islom olamida kamdan-kam kuzatiladigan birdamlik lahzasi edi. 1973 yilgi arab-isroil urushi, energetika inqirozi va Gʻarb mustamlakachilik taъsirining susayishi sharoitida musulmon dunyosi oʻzini mustaqil, kuchli va tsivilizatsion kuch sifatida namoyon etishga urinib koʻrdi.





















