Ushbu kelishuv orqali Moskva va Tehronning eksterritorial xususiyatga ega boʻlgan majburlov choralarining qoʻllanishiga birgalikda qarshi turishlari koʻzda tutilgan.
Bryansk viloyat dumasi deputati va «Pravoslav Rossiya» harakati rahbari Mixail Ivanov cherkov va masjidlar yaqinida joylashgan tungi klublarni yopish tashabbusini ilgari surdi.
Britaniyalik yozuvchi Devid Xerstning fikricha, Gʻazoliklarning oʻz yurtlarida qolishga boʻlgan qatʻʻiyati urushda hal qiluvchi omil boʻldi.
Afgʻoniston Islom Amirligi davlat amaldorlariga bir vaqtning oʻzida bir nechta lavozimni egallashni taqiqlovchi yangi farmonni eʻʻlon qildi.
Saudiya Arabistoni Sogʻliqni saqlash vazirligi 2025 yil 1 fevraldan boshlab mamlakatga keladigan barcha ziyoratchilar uchun meningokokk meningitiga qarshi majburiy emlashni joriy qilmoqda.
Qozogʻiston Dumasi kvadrobing bilan bogʻliq muhokamalar natijasida qaror qabul qildi. Mazkur harakatni siyosatchilar shunchaki hobbi yoki sport turi deb baholagan boʻlsa-da, mamlakat musulmonlar diniy idorasi kvadrobingni islom normalariga zid deb topdi.
Isroil xavfsizlik kabineti Gʻazo sektoridagi urushni toʻxtatish va HAMAS bilan asirlar almashish boʻyicha yangi kelishuvni tasdiqladi.
2024 yil davomida 483 nafar oʻzbekistonlikning jasadi xorijdan Oʻzbekistonga qaytarilgan.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 469 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida joylashgan qariyb 150 yillik tarixiy sobor masjidi mahalliy musulmonlar jamoasiga qaytarildi.