Liverpul futbol klubining Premьer-Ligadagi chempionlik sharafiga uyushtirilgan qutlov paradi vaqtida bir avtomobilь odamlar orasiga bostirib bordi. Politsiya 53 yoshli oq tanli ingliz erkakni qoʻlga oldi. Hodisa terakt sifatida baholanmadi.
HAMAS Donalьd Trampning Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili Stiv Uitkoffning Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi taklifiga rozi boʻldi, deb yozmoqda Reuters. Yangi taklif garovga olingan oʻn kishini ozod qilish va 70 kunlik sulhni koʻzda tutadi.
Afgʻoniston hukumati Rossiya va Xitoy bilan dollarsiz, milliy valyutalarida savdo qilish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Ruslar bilan muzokaralar ilgʻor bosqichda. Oʻzaro hisob-kitoblarning rublь va afgʻoniyda amalga oshirilishi mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.
Internetda tarqalgan videolarda aksari bolalardan iborat yonib ketgan jasadlar va alanga ichidagi muhitda yordam soʻrayotgan odamlar koʻrinadi. Dushanba kuni tongda isroilning ikki havo hujumi oqibatida Gʻazo shahri va shimoliy Gʻazodagi Jabaliyada joylashgan boshpana va uylar nishonga olindi. Unda kamida 49 falastinlik halok boʻldi. Anadolu agentligiga shifokor manbalar maъlum qilishicha, Fahmiy al-Jirjaviy maktabiga qilingan havo hujumi natijasida halok boʻlganlar soni 30 nafarga etgan. Bu maktab Gʻazo shahrining al-Daraj tumanida joylashgan, koʻchirilgan aholiga boshpana sifatida xizmat qilayotgan edi.
Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad boshqaruvi davrida maxsus xizmatlar taxminan sakkiz million kishini kuzatgan, qidirgan yoki ular haqida maъlumot toʻplagan.
Ispaniyaning uch fuqarosi – Abdulqodir Harqassi, Abdulloh Ernandes va Toriq Rodriges andalusiyaliklar 500 yil avval bosib oʻtgan qadimiy yoʻlni 7 oy davomida bosib oʻtib, Makkaga etib borishdi. Ular 7 ming km masofa hamda 11 davlatni kesib oʻtishgan.
Gʻazodagi zoʻravonlik va inson huquqlari buzilishlarini tergov qilish maqsadida “Gʻazo tribunali” deb nomlangan mustaqil xalqaro tashabbus ishga tushirildi. Tribunal oʻzining ilk ochiq majlislarini 26–29 may kunlari Bosniya va Gertsegovina poytaxti Saraevoda oʻtkazadi.
AQShning Texas shtati Ostin shahridagi Nueses masjidi, Islomiy Ahli Bayt uyushmasi (IABA) va Ostin Din ishlari markaziga tegishli bannerlar va kirish eshiklari atrofiga Dovud yulduzi kabi ramzlar chizib ketildi.
Dam olish kunlari Rossiya Ukraina mintaqalari boʻylab har xil turdagi 367 ta raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari bilan hujum qilgan. Bu hujumlar urush boshlanganidan beri ukrain shaharlariga qilingan eng yirik havo hujumi sifatida qayd etilgan. 12 kishining halok boʻlgani, 60 dan ziyod ukrainalik jarohatlangan.
Isroil bosh vaziri Binьyamin Netanьyahuning hokimiyatdagi Likud partiyasi vakili Amit Halevi hukumatni keskin tanqid qildi. U «hukumat HAMASni engolmayapti, tuzilgan rejalar etarli emas», dedi. U, shuningdek, mudofaa vaziri Katz faoliyatini ham tanqid ostiga oldi.