Oʻzbekiston Respublikasi Rossiya fuqarolari uchun mamlakatga ichki pasport yoki ID-karta bilan 30 kungacha muddatga vizasiz kirish tartibini joriy etish ustida ish olib bormoqda.
Och va holdan toygan falastinliklar isroil va AQSh tomonidan tashkil etilgan yordam tarqatish markazida navbatda turgan paytida oʻq ovozlari eshitildi. Bosqinchi isroil armiyasi uch kishini otib oʻldirdi, yana 46 kishini jarohatladi. Kadrlarda falastinliklarning atrofi toʻsilgan yoʻllar va hududlarga joylashtirilganini koʻrish mumkin. Bu bosqinchilar tomonidan musulmonlarning barcha insoniy huquqlardan mahrum etilayotganiga bir misoldir.
Tramp maъmuriyati xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalariga talaba vizasi uchun yangi suhbatlar tayinlashni vaqtincha toʻxtatishni topshirdi. Talabalarning ijtimoiy tarmoq sahifalarini tekshirish rejalashtirilmoqda.
Moskva viloyati Naxabino shaharchasidagi Georgiy cherkovi ruhoniysi, ierey Pavel Ostrovskiy nega nasroniy rus ayollari koʻpincha musulmon erkaklarga turmushga chiqayotgani haqida oʻz fikrini bildirdi.
Gʻazoda amalga oshirilayotgan qatliomda sheriklikda ayblanayotgan AQShning mazkur harbiy yuklari Isroilga 800 ta samolyot va 140 ta dengiz kemasi orqali etkazilgani taъkidlandi.
Isroil Xavfsizlik kabineti ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohilda 22 ta yangi noqonuniy yashash punkti qurilishini maъqulladi. Hukumatning bu qadami 1967 yilda Gʻarbiy Sohil ishgʻol etilganidan buyon qabul qilingan «eng muhim qaror» deb baholandi.
Saudiya Arabistoni 1446 hijriy yil zulhijja oyining 1-kuni 28 may, chorshanba kuniga toʻgʻri kelishini eъlon qildi. Shunga koʻra, 9-zulhijja, yaъni Arafa kuni — 5 iyun, payshanba, 10-zulhijja, yaъni Qurbon hayitining birinchi kuni — 6 iyunь, juma kuniga toʻgʻri keladi.
Saudiya Arabistonida hukumatning zulm siyosati, sionistlarga tobeligi hamda axloqsizlikka yoʻl ochib berayotganiga qarshi “Erkin niqoblilar” harakati ommalashib bormoqda. Poytaxt Ar-Riyod va Makka shaharlarida boshlangan norozilik harakati valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon davrida tobora kuchaymoqda. Gap shundaki, yoshlar oʻz tanqidlarini ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan videolari orqali ifodalashyapti. Tasvirlarda yuzlari niqoblangan yoshlar Saudiyada haqiqatni aytish jinoyatga aylangani, Saudlar rejimi faqat hukmdorni madh etuvchi, bosqinchi isroilni sevadigan hamda axloqsizlikka moyil odamlar uchun quchoq ochishini taъkidlashmoqda.
Oldinroq, Saudiya Arabistoni 2026 yildan boshlab mamlakatda 73 yildan beri amal qilayotgan alkogol taqiqlarini qisman bekor qilishga qaror qilgani haqida xabarlar paydo boʻldi. Mahalliy nashrlar ushbu qaror faqat chet ellik sayyohlar uchun moʻljallangan tanlangan hududlarga taalluqli ekani haqida yozishdi.
Indoneziyada koʻcha supuruvchi boʻlib ishlovchi Legiman Hajga borish uchun uchun1986 yildan buyon pul yigʻdi. "Nihoyat, Kaъbani oʻz koʻzim bilan koʻra olganimga hali ham ishonolmayapman", deydi hozirda rafiqasi bilan birga Makkada boʻlgan Legiman.