Iordaniya qiroli Abdulloh Ikkinchi Isroilga Eron raketalarini yoʻq qilishda yordam berganiga izoh berdi. Iordaniya rahbarining soʻzlariga koʻra, u oʻz mamlakati urush teatriga aylanishini istamaydi va oʻz xavfsizligini taʻʻminlash maqsadida Eron raketalarini yoʻq qilgan.
Rossiya harbiylari Ukrainaning Chernigov shahriga zarba berdi, natijada 11 kishi halok boʻldi, yana 22 kishi yaralandi. Vayronalar ostida hali ham odamlar boʻlishi mumkin.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 194 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Afgʻoniston, Pokiston va BAAda kuchli yogʻingarchiliklar kuzatilmoqda. Pokistonda chaqmoq va jala tufayli 36 kishi, Afgʻonistonda esa 50 dan ortiq kishi halok boʻldi. Dubayda esa 1,5 kun ichida yillik meʻʻyordan 2 baravar koʻp yomgʻir yogʻdi. Oʻnlab parvozlar bekor qilindi, yuzlab reyslar kechiktirildi.
Moskva viloyati Troitsk shahridagi Abu Bakr masjidi aholi noroziligi sababli buzib tashlandi.
AQShning The New York Times gazetasi Isroilning Gʻazoda olib borayotgan urushini yoritayotgan jurnalistlariga “genotsid” va “etnik tozalash” atamalarini ishlatishni cheklash hamda Falastinga nisbatan “bosib olingan hudud” iborasini ishlatmaslikni topshirdi. Shuningdek, “Falastin” soʻzini kamroq ishlatish va “qochqinlar chodirgohi” atamalaridan qochish ham buyurildi.
AQSh Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam koʻrsatishni oʻz ichiga olgan hamda har biri alohida ovoz berish orqali koʻrib chiqiladigan reja loyihasini taqdim etdi. Ushbu rejaning Ukraina qismida yordam grantlar koʻrinishida emas, balki kredit shaklida taqdim etilishi koʻzda tutilgan.
Britaniyada oʻtkazilgan soʻrovnomada musulmonlar soʻnggi 12 oy davomida oʻrtacha 708 funt sterling (880 dollar) xayriya qilgani maʻʻlum boʻldi. Boshqa dinga mansub britaniyaliklar esa – 165 funt sterling (205 dollar). Har toʻrt britaniyalik musulmonning uch nafari oʻz xayriyasini Gʻazodagi falastinliklarga ajratgan.
Iroqdagi Abu Gʻrayb qamoqxonasining omon qolgan sobiq mahbuslari 20 yil muqaddam oʻzlarini shafqatsiz va gʻayriinsoniy tarzda qiynoqqa solgan, jinsiy zoʻrlagan amerikalik harbiylarni sudga berish imkoniga ega boʻldi.
Qrimda bir qator sohalarda chet el fuqarolarini ishga olishni taqiqlashga qaror qildi. Ular orasida transport, ishlab chiqarish, IT, sport va dam olish sohalari mavjud. Avvalroq Novosibirsk, Samara va Yoqutistonda ham bir qator sohalar mehnat muhojirlari uchun “yopilgan” edi.