Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Tojikiston tiv rahbari Sirojiddin Muxriddin bilan suhbatlashib, chegaralardagi tojikistonliklar bilan bogʻliq vaziyat yuzasidan izoh berdi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 208 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
YuNRVA Isroil harbiylarining falastinliklarga nisbatan qoʻllanayotgan qiynoqlar haqida maʻʻlum qildi. Oʻzboshimchalik bilan hibsga olingan gʻazoliklar yalangʻoch echintirilib, xoʻrlanmoqda, turli xil qiynoqlarga solinmoqda. Hibsga olinganlarning hojatga chiqishi ham taqiqlanmoqda.
AQSh universitetlarida Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi namoyishlar davom etmoqda. Aprel oyi oʻrtalarida Kolumbiya universitetining falastinlik talabalari Isroilning Gʻazodagi hujumlari va ishgʻolini qoʻllab-quvvatlovchi kompaniyalarga moliyaviy sarmoya kiritayotganiga noroziligini bildirishdi.
Isroil politsiyasiga pichoq bilan hujum uyushtirgan va voqea joyida halok boʻlgan Hasan Saklan Quddusga ekskurtsiya bilan kelgan. Saklanan hujumni amalga oshirish uchun kasallik bahonasida ekskurtsiya vaqtida guruhni tark etgan. U 34 yoshda, Turkiyaning Shanliurfa shahridagi masjid imom-xatibi, uylangan, toʻrt farzandning otasi edi.
Gʻarb mamlakatlarining koʻpchiligi uzoq vaqt davomida Falastinning bosib olinishi bilan bogʻliq masalalarni eʻʻtibordan chetda qoldirib keldi. Koʻpchilik davlatlar neytral boʻlishni afzal koʻrsa, boshqalar Falastin xalqiga qilingan tuhmatlarga ishonib qoldi. Isroilning Gʻazoga qarshi shafqatsiz urushi esa gʻarb boʻylab Falastin xalqi musibatlariga nisbatan loqaydlikka chek qoʻydi – Al-Jazeera muxbiri Usmon Muqbilning maqolasi oʻzbek tilida.
Falastinning raqib siyosiy guruhlari – Fath va HAMAS vakillari Pekinda yarashuv boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 207 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
1960 yilda Frantsiya mustamlakasidan ozod boʻlgan Senegal ilk bor frantsuz tilidan voz kechib, arab tilini mamlakatning rasmiy tili sifatida eʻʻlon qildi.
Evropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik boʻyicha oliy vakili Jozep Borrelʻ EIning bir qancha davlatlari Falastinni tan olishi mumkinligini maʻʻlum qildi.