Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 7 oy boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Bir guruh amerikalik respublikachi senatorlar Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xonni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va boshqa Isroil rasmiylariga qarshi xalqaro hibsga olish orderi chiqarilishidan ogohlantirib, “qattiq sanktsiyalar” bilan tahdid qildi.
HAMAS Gazoda tinchlik oʻrnatish boʻyicha Misr va Qatar tomonidan ilgari surilgan sulh shartlarini qabul qildi. Kelishuv 42 kun davom etadigan 3 bosqichni oʻz ichiga oladi. Isroil esa Rafahga hujumni davom ettirishga qaror qildi.
Bosqindagi Sharqiy Quddusda politsiya qabriston cherkoviga bostirib kirdi va Gretsiya bosh konsulining qoʻriqchisini hibsga oldi. Hibsga olish "Muqaddas olov tushishi" marosimi paytida sodir boʻldi. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, bunga qoʻriqchi va mahalliy politsiya oʻrtasidagi mojaro sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
Shavkat Mirziyoev Moskvada Gʻalabaning 79 yilligiga bagʻishlangan paradning faxriy mehmonlari qatorida boʻladi, deya xabar berdi Kremlʻ. Paradda Belarusʻ, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Kuba, Laos va Gvineya-Bisau davlatlari rahbarlari ham ishtirok etadi.
Saudiya Arabistoni Isroil bilan munosabatlarini normallashtirgan va bundan hech narsa yoʻqotmagan BAA va Bahraynni koʻrib taskin topsa, boshqa tomondan, Qirollik musulmon dunyosida muqarrar ravishda katta obroʻsini yoʻqotishini yaxshi biladi. Shu jihatlarini eʻʻtiborga olgan holda, Falastin mustaqilligini tan olish sharti bilan Isroil oʻrtasida munosabatlarni normallashtirishga kelishib oldi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 213 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
AQSh oliygohlaridagi Isroilga qarshi namoyishlar Jorj Soros, Geyts, Rokfeller va Pritsker oilalari jamgʻarmalaridan katta miqdorda grantlar olgan tashkilotlar tomonidan oʻtkazilayotgani xabar qilindi. Jumladan, Kolumbiya universiteti hududidagi namoyishlar milliarderlar asos solgan Tides jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladigan "Tinchlik uchun yahudiy ovozi" hamda IfNotNow tashkilotlari tomonidan oʻtkazilmoqda.
Tolibon rahbariyati Gambiya poytaxti Banjul shahrida boʻlib oʻtgan Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) 15-sammitida ishtirok etdi. IHT Tolibon maʻʻmuriyatiga sammitda qatnashish uchun rasmiy taklif yubordi.
Rossiyada nasroniylikning rus yoshlariga taʻʻsiri pasayib borayotgani maʻʻlum qilindi. Shu bilan birga, yosh rossiyaliklar orasida islom diniga eʻʻtiqod qiluvchilar soni keksa avlod vakillariga nisbatan 8 baravar koʻp.