Oʻzbekiston prezidenti EOIIning yubiley sammitida ishtirok etib, Oʻzbekiston amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini taʻʻkidladi. U agrosanoat, «yashil» texnologiyalar, mehnat migrantlari uchun sharoitlar yaratish va turizm yoʻnalishlarida hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi.
Oʻzbekiston Jahon tillari universitetining 2-bosqich talabasi boʻlgan 20 yoshli yigit Toshkentdagi Isroil elchixonasi yoniga borib, uni yoqib yuborish maqsadida devor osha ichkariga kerosin solingan shisha uloqtirgan.
Qirgʻizistonda anʻʻanaviy tadbir – “Oʻlmas polk” korteji bu yil bekor qilindi. Bu haqda «Kabar» agentligida oʻtkazilgan matbuot anjumanida Qirgʻiziston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi xizmati rahbari oʻrinbosari Nurlan Ismoilov maʻʻlum qildi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 215 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
5 musulmon davlati Isroilda toʻxtab, yuk qabul qiladigan yoki Isroilga yuk olib oʻtadigan kemalarni oʻz portlariga kiritmaslik rejasini muhokama qilmoqda. Mazkur qaror qabul qilinsa, Isroil iqtisodiyoti katta zarar koʻrishi aytilmoqda.
Iordaniya qirolichasi Raniya bolalari, jumladan, Isroil armiyasi askarlari Gʻazodagi Falastin qarshilik harakati HAMAS asirligida qolayotgan isroillik ayollarga hamdard ekanini aytdi.
Amerikalik mashhur reper va musiqachi Macklemore Falastin qoʻllab-quvvatlangan "Hind's Hall" nomli yangi taronasini eʻʻlon qildi. Qoʻshiqda AQSh siyosiy elitasi, jumladan prezident Jo Bayden, shuningdek, Amerika musiqa sanoati vakillari Isroil tajovuziga befarqligi va sukuti uchun tanqid qilingan. Qoʻshiq bir kundan kamroq vaqt ichida X ijtimoiy tarmogʻida 18 milliondan koʻproq marta koʻrildi.
HAMAS Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish taklifiga rozi boʻlgach, Isroil havo kuchlari kechasi Rafahdagi 50 dan ortiq nishonga hujum qildi. Isroil harbiylari Rafah sharqiy qismida "jarrohlik zarbalari" amalga oshirayotganini eʻʻlon qildi. Nashrning qoʻshimcha qilishicha, bombardimon natijasida 100 ga yaqin tinch aholi halok boʻlgan, koʻp sonli ayollar va bolalar yaralangan.
Italiyaning Monfalkone shahri musulmonlari diniy jamoatning jamoaviy ibodat qilishiga toʻsqinlik qilayotgan islomofob maʻʻmuriyatga qarshi kurashni davom ettirmoqda. Oʻta oʻng partiya merining buyrugʻi bilan noyabrʻ oyidan beri shahar musulmonlariga ikki islomiy markazda namoz oʻqish taqiqlangan.
Vladimir Putin beshinchi marotaba Rossiya prezidenti lavozimini egalladi. Olti yillik muddat uchun qasamyod qabul qilish marosimi Kremlda 2600 dan ortiq mehmonlar ishtirokida boʻlib oʻtdi. Biroq AQSh, Evropa Ittifoqi davlatlari vakillari marosimda ishtirok etishdan bosh tortdi. EI davlatlari mazkur marosimda ishtirok etish masalasida ikki tomonga boʻlinib qoldi: Frantsiya, Vengriya va Slovakiya Moskva bilan aloqa kanallarini saqlab qolish uchun marosimga vakil joʻnatish kerak, degan boʻlsa, Germaniya va boshqa EI davlatlari bunga qarshi chiqdi.