Misr Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi ishini Xalqaro Sud oldida rasman qoʻshish niyatida ekanligini eʻʻlon qildi. Shuningdek, bosqinchi davlat sifatida Isroilni oʻz majburiyatlarini hurmat qilishga va Xalqaro Sud buyurgan choralarni amalga oshirishga chaqirdi.
1 may kuni butun dunyo boʻylab har yili oʻtkaziladigan Xalqaro musulmonlar tarixi oyligi boshlandi va bu yil musulmon jamoalarining ishtiroki oʻtgan yilga nisbatan 10 barobar oshdi
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 218 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Tinimsiz yogʻingarchilik tufayli Afgʻonistonning Bagʻlon viloyatida suv toshqinlari yuzaga keldi. Sel uylarni vayron qilgan, 200 ga yaqin odam halok boʻlgan va bedarak yoʻqolgan.
Aprelʻ oyi oʻrtalarida AQShning Kolumbiya universitetida boshlangan norozilik namoyishlari butun dunyoga tarqaldi. Dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalar Isroilning Gʻazo sektoriga hujumlariga norozilik bildirish, shuningdek, Kolumbiya universitetida boshlangan norozilik namoyishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun oʻz kampuslarida toʻplanishmoqda. Shu kungacha namoyishlar chogʻida 2500 dan ortiq odam hibsga olingan.
Eron hukumati qoʻlga olingan MCS Aries kemasining etti nafar ekipaj aʻʻzosini, jumladan besh nafar hindistonlikni qoʻyib yubordi. MCS Aries konteyner kemasi 13 aprelʻ kuni Hormuz boʻgʻozida Eron komandolari tomonidan qoʻlga olingan edi.
Mustamlakachilik davrida Evropa davlatlari 12,5 milliondan ortiq afrikaliklarni oʻgʻirlab kemalarda olib ketgan. Afrikaning San-Tome va Prinsipi orol davlati hukumati mustamlakachilik siyosati natijasida etkazilgan zarar uchun Portugaliyadan tovon puli talab qilishini aytdi.
Sankt-Peterburgda 20 nafar yoʻlovchisi boʻlgan avtobus boshqaruvni yoʻqotib, Moyka daryosiga quladi. Hodisa oqibatida etti kishi halok boʻlgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga etib kelgunga qadar, juma namoziga ketayotgan dogʻistonlik musulmonlar birinchi yordam koʻrsatishdi.
Ispaniya, Malta, Irlandiya va Sloveniya hukumatlari Falastin davlatini tan olish niyatida, dedi Evropa diplomatiyasi rahbari Borrelʻ.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 217 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.