RF tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Galuzin Oʻzbekiston bilan milliy valyutada toʻlov 55 foizga etganini maʻʻlum qildi. Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston bilan bunday hisob-kitoblar hajmi 80 foizga etgan.
AQShning bir necha respublikachi vakillari Falastinni qoʻllab-quvvatlab oʻtkazilayotgan namoyishlarda hibsga olingan talabalarni Gʻazoga olti oyga jamoat ishlariga joʻnatish va chet ellik talabalarning vizalarini bekor qilishni nazarda tutuvchi ikkita qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Gʻazo sektorida davom etayotgan vahshiylik borasida sukut saqlayotgan yulduzlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini bloklamoqda. Jastin Biber, Selena Homez, Zendaya, Kardashianlar, Teylor Svift kabi yulduzlar tanqid ostida qolgan.
Moskva sudi internetda “faqat slavyanlar uchun” sharti ostida eʻʻlon berishni taqiqladi. Sud bunday mazmundagi eʻʻlonlar qonunga xilof, huquq-tartibot asoslariga hamda jamiyat va davlatlar manfaatlariga zid deb topdi. Bunday eʻʻlonlarni tarqatganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi maʻʻlum qilindi.
AQSh Kongressi Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan antisemitizmga qarshi yangi qonunga binoan Injildagi yahudiylarga qarshi matnlarni taqiqlanishi mumkin. Agar qonun kuchga kirsa, Qoʻshma Shtatlardagi 300 ming masihiylar Muqaddas Bitikdan erkin iqtibos keltira olmaydi va Isoning xochga mixlanishi haqida gapirishdan oldin oʻylashga majbur boʻlishadi, shuningdek, ularga Isroil davlatini tanqid qilish ham taqiqlanadi.
Ukraina qoʻshinlari Rossiyaning Belgorod shahrini oʻqqa tutishi natijasida bir kunda 19 kishi halok boʻldi. Qurbonlarning 3 nafari bevosita hujumlarda hayotdan koʻz yumgan boʻlsa, 15 nafari 10 qavatli uyning kirish yoʻlagi qulashi natijasida olamdan oʻtgan. Shuningdek, 27 kishi jarohatlandi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 220 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Dunyo boʻylab davom etayotgan suv toshqinlari qurbonlari soni ham ortib bormoqda. Soʻnggi kunlarda suv toshqinlari sababli Afgʻonistonda 300 dan ziyod kishi ofat qurboniga aylangan boʻlsa, bu koʻrsatkich Keniyada 267, Braziliyada 144, Indoneziyada 27 nafarni tashkil etmoqda. Jabrlanganlar soni va zararlar miqdori ham juda yuqori.
Germaniya Mudofaa vazirligi umumiy harbiy majburiyatni qayta joriy etishning uch yoʻnalishini ilgari surdi. Ulardan biri 18 yoshga toʻlgan erkaklarni harbiy xizmatga chaqirishni nazarda tutsa, birida ayollarni ham majburiy askarlikka olish taklif qilingan. Mamlakatda umumiy harbiy majburiyat 13 yil muqaddam – 2011 yilda bekor qilingan edi.
Aka-uka Hassounlar tomonidan asos solingan Palestine Drinks ichimliklari sotuvida keskin oʻsish kuzatilmoqda. Isteʻʻmolchilar Amerika brendlarini boykot qilgani sababli Falastin-Shved kompaniyasi ichimligi Coca-Cola va Pepsi muqobiliga aylandi. Palestine Drinks kompaniyasining bosh shirkati Safad Food vakilining The National nashriga aytishicha, millionlab buyurtmalar tushmoqda, ikki oy ichida 4 millionga yaqin quti sotilgan.