Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi prezident Vladimir Putinga «Tolibon» harakati taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarilishi mumkinligi haqida maʻʻlum qildi. TIVning fikricha, afgʻon toliblari hozirda Rossiyaning dushmani emas.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 234 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Tinch okeani janubidagi Papua-Yangi Gvineyada sodir boʻlgan koʻchki oqibatida qurbon boʻlganlar soni 2 ming nafardan oshdi. Tabiiy ofat natijasida 150 ga yaqin uy tuproq ostida qoldi. Mintaqada qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
25-27 may kunlari Rossiyaning Ingushetiya mintaqasida Qurʻʻoni karimni tajvidli oʻqish buyicha II-xalkaro musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan "Hidoya" oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi Abbosxon qori Obidov Saidmurod oʻgʻli 3-oʻringa savozor boʻldi.
Rossiya qoʻshinlarining Xarkovdagi qurilish gipermarketiga bergan zarbasi natijasida halok boʻlganlar soni 15 kishiga etdi. Maʻʻlumotlarga koʻra, 43 kishi jarohatlangan, yana 16 kishi bedarak yoʻqolgan.
Isroil Xalqaro Sud qaroriga qaramay Rafah shahriga hujumlarni davom ettirmoqda. Soʻnggi maʻʻlumotga koʻra, BMTning Rafahdagi chodir lagerlarida 100 kishidan ortiq kishi oʻldirilgan va yondirilgan. Ularning aksariyati bolalardir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 26 may kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya Prezidentini davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev kutib oldi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 232 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Politsiya Gʻazodagi falastinliklar bilan birdamlik namoyishini tarqatib yuborganidan soʻng Oksford universitetida oʻndan ortiq talaba hibsga olindi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi (BMT Xavfsizlik Kengashi) mojaro zonalarida insonparvarlik yordami va BMT xodimlarini himoya qilish boʻyicha rezolyutsiya loyihasini qabul qildi. Rezolyutsiya loyihasi Kengashga aʻʻzo 15 davlatdan 14 tasining ovozi bilan qabul qilindi, Rossiya betaraf qoldi.