Tabiiy ofat tufayli mamlakatda 400 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasidan mahrum boʻldi. Tornado Arkanzas, Kentukki, Oklaxoma va Texas shtatlarida yuz bergan. Prezident Bayden, agar kerak boʻlsa, Qoʻshma Shtatlar yordam berishga tayyorligini aytdi.
Ispaniya Vazirlar kengashi Falastinni mustaqil davlat sifatida rasman tan olish qarorini maʻʻqulladi. Bu haqda qirollik Vazirlar kengashi yigʻilishi yakunlari boʻyicha hukumat rasmiy vakili va taʻʻlim vaziri Pilar Alegriya maʻʻlum qildi. "Bu tarixiy qaror boʻlib, yagona maqsad tinchlikni taʻʻminlash", dedi u.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 235 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Rafah qochqinlar lagerida Isroil armiyasi tomonidan ayollar va bolalarning shafqatsizlarcha oʻldirilishi ortidan Kanada migratsiya vaziri Mark Miller Kanada Gʻazo sektori aholisi uchun vizalar sonini besh barobarga oshirishini maʻʻlum qildi, deb xabar bermoqda Al Jazera.
Oʻzbekiston va Rossiya delegatsiyalari oʻrtasida 27 ta hujjat, jumladan, kichik atom stantsiyalari qurish, Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini ochish boʻyicha shartnomalar imzolandi. Ikki davlat rahbarlari oʻzaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarga oʻtish siyosatini tasdiqladilar.
Misr va Gʻazo sektori chegarasida joylashgan Rafah nazorat punktida Isroil va Misr harbiylari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga keldi. Otishmada har ikki tomondan bir nafardan harbiy halok boʻlgani maʻʻlum qilindi.
Yozda Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi boʻyicha kam quvvatli (330 MVt) AES qurilishi boshlanadi. «Rosatom» uchun bu shu turdagi stantsiya qurish boʻyicha birinchi eksport shartnomasi hisoblanadi. «Tanlangan maydon allaqachon tekshirilgan, yaroqliligi va xavfsizligi tasdiqlangan», — deyiladi rasmiy xabarda.
Xitoyda anʻʻanaviy islom meʻʻmoriy xususiyatlarini saqlab qolgan soʻnggi yirik masjid hukumatning masjidlarni sinxronlashtirish kampaniyasi doirasida gumbazlarini yoʻqotdi va minoralari koʻrinishini tubdan oʻzgartirdi.
undan 31 yil muqaddam “Tashqi ishlar” jurnali oʻz davrining eng nufuzli risolasini nashr etdi: Samuel Xantingtonning "Tsivilizatsiyalar toʻqnashuvi". Mazkur risola dunyoni shakllantirishda va yangi urushlar qoʻzgʻashda kuchli turtki vositasi boʻlib xizmat qildi. Oradan shuncha vaqt oʻtganiga, davrlar almashinuvi hamda voqelik oʻzgarganiga qaramasdan, bugungi kunda ham oʻquvchilar asarni avvalgidek zoʻr qiziqish va ishtiyoq bilan mutolaa qilishmoqda. Ammo qanday qilib? Asar keng qamrovli akademik doiralar tomonidan mutlaqo ahamiyatsiz va asossiz, deb topilgan. Mazkur maqolada ushbu kitob va undagi mashhur “Islom va Gʻarb” qarama-qarshiligi haqida tahliliy va tanqidiy fikrlar hamda maʻʻlumotlarni bayon qilamiz.
U soʻnggi bir necha yil ichida Islom diniga qiziqish bildirib, musulmonlarning hayotini oʻrganishni boshlagan. Natijada kalimai shahodatni keltirdi va Qurʻʻoni karimni toʻliq oʻqish istagini bildirdi.