AQShda sakkiz nafar tojikistonlik IShIDga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi. Qayd etilishicha, tojikistonliklar bir muncha vaqt davomida Federal qidiruv byurosi (FQB) kuzatuvida boʻlgan va soʻngra hibsga olingan.
1950 yildan beri dunyo boʻylab tugʻilishning oʻrtacha koeffitsienti har bir ayolga qariyb 5 boladan 2,3 tagacha qisqardi. Insoniyat barqaror aholini taʻʻminlash uchun zarur boʻlgan 2,1 chegarasiga yaqinlashmoqda, ushbu koʻrsatkichdan kamaygan taqdirdi, insoniyat vaqt oʻtishi bilan kamayishni boshlaydi.
Modi 2014 yildan beri hokimiyatda. Uni hind oʻng qanotlari qoʻllab quvvatlaydi. Qoʻllab-quvvatlash orqali 10 yil mobaynida u mamlakatni modernlashtirish va Hindistonni global kuch sifatida koʻtarishga urindi.
BMT Migratsiya agentligi Sudanda bir yildan oshiqroq vaqtdan beri davom etib kelayotgan harbiy mojarolar tufayli ichki koʻchirilganlar soni tez orada 10 milliondan oshishi mumkinligini maʻʻlum qildi. BMT tuzilmasi, shuningdek, Sudanda "ocharchilik xavfi" borligidan ogohlantirdi.
Pokiston shimolidagi Abbotobod shahrida “Lorenzo” nomli bir jinsli munosabat tarafdorlari klubini ochish arizasi aholi va siyosatchilar norozilidan soʻng rad etildi, murojaatchi esa Peshovardagi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga majburiy davolanishga yuborildi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 249 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Saudiya Arabistoni ziyoratchilarni bu yilgi haj mavsumida Makkada oʻrtacha eng yuqori harorat meʻʻyordagidan 1-2 daraja yuqori boʻlib, 44 darajaga etishi mumkinligidan ogohlantirdi. Oʻtgan yilgi haj mavsumida 2 ming nafardan ortiq ziyoratchi issiq urishidan aziyat chekkan.
“Tolibon” hukumati Rossiyaning bir qancha hududlari, jumladan, Tatariston va Checheniston afgʻonistonlik mehnat muhojirlarini qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Afgʻon mehnat muhojirlarini asosan qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilish rejalashtirilmoqda.
Isroilning asosiy koʻmir etkazib beruvchisi hisoblangan Kolumbiya yahudiy davlatiga qarshi savdo boykotiga qoʻshilishga qaror qildi. Kolumbiyaning ushbu qarori Isroilga elektr energiyasi narxining koʻtarilishiga sababchi boʻlishi mumkin. Ayni vaqtda, Rossiya, Isroilni Xalqaro sudga bergan Janubiy Afrika Respublikasi va Qozogʻiston Kolumbiya koʻmiri oʻrnini qoplashga rozilik bildirgan.
Hindistonda 19 apreldan 1 iyungacha davom etgan parlament saylovlarida mamlakatdagi 183 million musulmon aholidan 24 nafar deputat saylandi. Ular soni avvalgi saylovlarga qaraganda 2 nafarga kamaygan.