Guruhda 9 kishi boʻlgan va ulardan 8 nafari 2023 yilda fosh etilgan. Ular maxfiy hukumat maʻʻlumotlarini qoʻlga kiritish, shuningdek, siyosiy-harbiy josuslikda ayblanyapti. Tarmoq rahbari sugʻurta kompaniyasi egasi Ahmed Ersin Tumlujali boʻlib, tergov paytida u “josuslik faoliyati” uchun 300 ming evrogacha haq olishini maʻʻlum qilgan.
Фаластиннинг ҲАМАС қаршилик ҳаракати таклиф қилинган оташкесим ва гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишув шартларига ўзгартириш киритди. Унга кўра, ҳаракат БМТ ҳамда Хитой, Россия ва Туркиянинг сионистлар билан эришилган ҳар қандай келишувда кафил бўлишини истайди. Ушбу талаблар АҚШ ва Исроил томонидан рад этилган.
Европада бедарак йўқолган муҳожирлар ҳақида маълумот тўпловчи трансчегаравий журналистика лойиҳаси – “Lost in Europe” ҳайратланарли кўрсаткични ошкор қилди. Лойиҳа иштирокчиларининг аниқлашича, 2021-2023 йиллар оралиғида Европага келган 51 433 нафар бола бедарак кетган.
Saudiya Arabistoni Xitoy boshchiligida transchegaraviy toʻlovlar va valyuta operatsiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan mBridge xalqaro raqamli platformasiga qoʻshildi. 8 iyunʻ kuni harbiy jihatdan qoʻriqlash evaziga neftʻ va boshqa mahsulotlarni faqat dollarda sotish majburiyati yuklangan Saudiya va AQSh oʻrtasida tuzilgan 50 yillik kelishuv muddati nihoyasiga etdi. Endilikda Saudiya oʻz neftini boshqa valyutalarda ham sota oladi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 251 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Sudandagi urushda Eron va Birlashgan Arab Amirliklari uchuvchisiz uchoqlaridan foydalanilgani haqida baʻʻzi dalillar topildi.
Boliviya Rossiyaga kofe donalari, konservalangan ananas, banan, shokolad va boshqa mahsulotlar qatorida lama goʻshtini ham eksport qilishga tayyorligini bildirdi. Moskva muftiysi Ilʻdar Alautdinov "agar hayvonni soʻyish Islom yoki boshqa Ibrohim dinlari qonunlariga muvofiq amalga oshirilsa, musulmonlarga lama goʻshtini isteʻʻmol qilishga ruxsat berilishi"ni maʻʻlum qildi.
Apple Isroil harbiylarini xodimlarining xayriya tashkilotlariga ajratayotgan ehsonlari koʻrinishida moliyalashtirmoqda. Moliyalashtirilayotgan tashkilotlar qatoriga isroillik askarlarni qoʻllab-quvvatlovchi «Tsaxal doʻstlari» va Gʻarbiy Sohilda noqonuniy yahudiy aholi punktlarini barpo etishga hissa qoʻshayotgan HaYovel, One Israel Fund, Yahudiy milliy jamgʻarmasi va Israel Gives kabi guruhlar kiradi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 250 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Taʻʻlim departamenti tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda Islom Venadagi boshlangʻich maktablar oʻquvchilari oʻrtasidagi eng ommabop din ekani maʻʻlum boʻldi. Maʻʻlumotlarga koʻra, davlat boshlangʻich maktablaridagi oʻquvchilarning 35 foizi oʻzini musulmon, 21 foizi katolik va 13 foizi pravoslav deb hisoblaydi, 26 foizi esa hech qanday dinga eʻʻtiqod qilmaydi.