Rossiya Qozogʻistonda rus maktablarini qurish boʻyicha kelishuvga erishdi. RF Davlat dumasi raisining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Jukovga koʻra, mamlakatda uchta maktab qurilishi boʻyicha loyiha tasdiqlangan. Maʻʻlumot uchun, joriy yilning fevralida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga qilgan murojaatida xorijda rus tilini targʻib qilishni kuchaytirishni buyurgandi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 256 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu HAMAS qarshilik harakatining sionistlarga hujumidan soʻng tuzilgan harbiy vazirlar mahkamasini tarqatib yubordi. Tegishli qaror Isroil sobiq mudofaa vaziri Benni Gants harbiy vazirlar mahkamasidan isteʻʻfoga chiqishini eʻʻlon qilganidan keyin qabul qilingan. Uning ortidan Isroil mudofaa kuchlari bosh shtabi sobiq boshligʻi Gadi Ayzenkot ham harbiylar kabinetini tark etgan.
Germaniya hukumati qochqin maqomini olish huquqiga ega boʻlmagan afgʻonlarni Tolibon bilan toʻgʻridan toʻgʻri kelishuvlarsiz ortga qaytarmoqchi. "Spiegel" jurnalining yozishicha, afgʻonlar Toshkentdan Kam Air xususiy aviakompaniyasi orqali Kobulga etkazilishi mumkin. Maʻʻlumot uchun, Germaniyada boshpana olish huquqiga ega boʻlmagan muhojirlarni chiqarib yuborish masalasi afgʻon fuqarosi Mangeymda Islomni tanqid qiluvchi tashkilot mitingiga hujum qilganidan keyin yana kun tartibiga qaytgan edi.
Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududda Xitoy va Filippin kemalari toʻqnashdi. Ayni paytda Pekin filippinliklarni ayblamoqda. Unga koʻra, Xitoy tomonining takroriy ogohlantirishlariga qaramay oʻrnatilgan tartibni buzgan holda Filippin kemasining xavfli yaqinlashuvi toʻqnashuvlarga sabab boʻlgan. Maʻʻlumot uchun, Pekin Tomasning ikkinchi qirgʻogʻini oʻzining suv maydoni deb biladi. 2016 yilda xalqaro tribunal Xitoyning Janubiy Xitoy dengizi boʻyicha daʻʻvolarini bekor qilgandi, ammo Pekin bu qarorni tan olmaydi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 255 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Turkiya bugun Parijda boshlanadigan Evropaning eng yirik mudofaa sanoati koʻrgazmalaridan biri – Eurosatory'da birinchi marta oʻzining haydovchisiz harakatlanadigan zirhli transport vositasi – ALPAR'ni namoyish etadi. Uning maksimal ogʻirligi 15 tonna boʻlib, gibrid elektr quvvati tufayli harbiy mashina shovqinsiz harakatlanish imkoniyatiga ega. Avtonom transport vositasi dushman yoki terrorchi pozitsiyalariga qarata oʻt ochishi, dushman texnikalari yoki obʻʻektlarini asosiy qurollar yoki boshqariladigan raketalar yordamida yoʻq qilishi mumkin.
Shveytsariyada Ukraina boʻyicha tinchlik sammiti Byurgenshtok deklaratsiyasining imzolanishi bilan yakunlandi. Yakuniy deklaratsiyaning aniq mazmuni oshkor etilmagan. Shunga qaramay, Shveytsariya prezidenti Viola Amxerd bu haqdagi savolga javob berib, "oziq-ovqat xavfsizligi hech bir holatda qurolga aylanmasligi kerakligi, savdo kemalariga, fuqarolik portlariga va marshrut boʻylab hujumlarga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi, barcha deportatsiya qilingan va noqonuniy koʻchirilgan ukrainalik bolalar hamda boshqa noqonuniy hibsga olingan ukrainaliklar vataniga qaytarilishi shartligi"ni aytib oʻtdi. Shuningdek, u atom energiyasi va yadro obʻʻektlari xavfsizligini taʻʻminlash masalasiga ham toʻxtalgan.
Kolumbiya hukumati Gʻazo sektorida Isroil hujumlaridan jabrlangan falastinlik bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishini maʻʻlum qildi. Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Elizabet Teylor Jeyning aytishicha, hukumat falastinlik bolalarni oilasi bilan reabilitatsiya qilish uchun mamlakatga olib oʻtadi. Bunda mamlakatda oʻnlab yillar davom etgan ichki mojarolar paytida tajriba orttirgan harbiy shifokorlar xizmatidan foydalanish moʻljallanmoqda.
Tolibon Isroil Livanga bostirib kirgan taqdirda shimoliy frontda Hizbulloh qarshilik harakati bilan birga ishgʻolchilarga qarshi jang qilmoqchi. Harakat etakchilari Eronga ular safidagi minglab jangchilar imkoni boʻlsa "ushbu sharafli urushga borishga tayyor"ligini etkazgan.