AQSh Iordaniyaga 3813 askarini joylashtirdi – bu dekabrʻ oyiga nisbatan qariyb 20 foizga koʻp. Amerika askarlari sonining ortishi Isroilning Gʻazodagi qirgʻini fonida yuz bermoqda. Taʻʻkidlanishicha, bu Iordaniyani AQSh va Eron oʻrtasidagi toʻqnashuvlar nuqtasiga aylantirishi mumkin. Amerikalik harbiylar mamlakatdagi harbiy obʻʻektlarga toʻsiqsiz kirish imkoniga ega.
Gʻazodagi qatliomdan soʻng Buyuk Britaniya Isroilga qurol sotishni keskin kamaytirdi. Qayd etilishicha, qurol eksporti boʻyicha berilgan ruxsatnomalarning soni urushdan oldingi koʻrsatkichga nisbatan 95 foizga tushgan. Shunga qaramay, tashqi siyosatda oʻzining ayyorona harakatlari bilan mashhur boʻlgan qirollik Gʻazo sektorida qirgʻinbarot urush boshlanganidan beri yahudiy davlatiga 100 dan ortiq qurol eksporti litsenziyasini tasdiqlagan.
Yadro qurollaridan voz kechish boʻyicha xalqaro kampaniya (ICAN) hisobotida keltirilishicha, 2023 yilda 2022 yilga nisbatan global yadro quroli xarajatlari 10 milliard evroga oshgan. Jumladan, toʻqqizta yadroviy derjava 2023 yilda oʻz arsenallariga jami 85,4 milliard evro sarflagan. Bu mablagʻning 51,5 mlrd dollari AQSh hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Ikkinchi oʻrinni Xitoy (11,8 mlrd dollar), uchinchi oʻrinni esa Rossiya (8,3 mlrd dollar) band qilib turibdi
18 iyunʻ kuni tunda Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Shimoliy Koreyaga bordi. Uni aeroportda shaxsan KXDR davlat rahbari Kim Chen In kutib oldi. Ertasi kuni Putin va Kim ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi bitimni imzolashdi. Ushbu hujjat ishtirokchilardan biriga tajovuz sodir boʻlgan taqdirda oʻzaro yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 257 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
AQSh prezidenti Jo Bayden amerikaliklar bilan turmush qurgan muhojirlarga fuqarolik berish jarayonini osonlashtiruvchi yangi qoidalarni eʻʻlon qildi. Unga koʻra, ariza berish jarayoni doirasida mamlakatni tark etish talabi bekor qilinadi. Ushbu engillik ortidan kamida 500 ming muhojir AQSh fuqaroligini olishi kutilmoqda.
Qozogʻiston TIV vakili Oybek Smadiyarovning maʻʻlum qilishicha, qoʻshni davlat xalqaro tadbirlar jadvali tigʻizligi sabab Shveytsariyada boʻlib oʻtgan tinchlik sammitida ishtirok etolmagan. U rasmiy Ostonaning yakuniy deklaratsiyaga qoʻshilish imkoniyatlari haqidagi savolga javob bera turib, "sammitda ishtirok etmagani uchun, bu borada hech nima deya olmasligi"ni qoʻshimcha qilgan. Maʻʻlumot uchun, Shveytsariyaning Byurgenstok shahrida boʻlib oʻtgan sammitda 90 dan ortiq davlat va toʻrtta tashkilot vakillari ishtirok etdi. Kommyunikeni 92 davlatdan 80 tasi imzoladi. Sammitda Xitoy va Rossiya vakillari ham qatnashmadi.
Iordaniya TIV Haj safari chogʻida “14 nafar mamlakat fuqarosi halok boʻlib, yana 17 nafari bedarak yoʻqolgani”ni maʻʻlum qildi. Ularning oʻlimi gʻayritabiiy jazirama va suvsizlanish oqibatida yuz bergani aytilmoqda. Maʻʻlumot uchun, bu yilgi haj uchun kutilayotgan iqlim Makka va Madinadagi oʻrtacha harorat meʻʻyoridan 1,5-2 darajaga [Tselʻsiy boʻyicha] balandroq boʻlishi prognoz qilingan edi. Saudiya Sogʻliqni saqlash vazirligi havo harorati keskin koʻtarilishi sabab ziyoratchilardan soat 11:00 dan 15:00 gacha ochiq havoda boʻlmaslikni soʻragan.
Oʻtgan hafta AQSh Gʻazoda davom etayotgan genotsid fonida Isroil va arab generallari bilan yashirin uchrashgani maʻʻlum boʻldi. Unda Iordaniya, Misr, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA generallari, shuningdek, AQSh Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) qoʻmondoni Maykl Kurilla hamda bosqinchi davlat shtab boshligʻi Gertsi Xalevi ishtirok etgan. Arab davlatlari razvedka maʻʻlumotlarini almashish hamda Isroilga qarata otilgan raketa va dronlarni urib tushirish vazifasini olgan.
Oʻtgan hafta kuchli oʻqqa tutilgan Isroil armiyasi matbuot kotibi Danielʻ Hagari Isroil Hizbullohga qarshi quruqlikdan hujum boshlashi mumkinligini aytib chiqdi. Uning iddaosicha, qarshilik harakatining kuchayib borayotgan hujumi sionistlarni shunga "majbur qilyapti". Maʻʻlumot uchun, oldinroq ishgʻolchi davlat Livan guruhi qoʻmondonlaridan biri Tolib Abdullohni oʻldirgandi. Qarshilik harakati bunga javoban bosqinchilarga qarata 200 dan ortiq raketa uchirdi.