Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 288 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Uzoq-yaqindagi musulmonlar AQSh va Gʻarbdan qoʻrqib, Isroilga bir shapaloq ham tushirishga majoli etmayotgan bir paytda, kambagʻal va qoloq Yaman qariyb 2 ming chaqirimdan turib Isroilga ogʻriqli zarba bera oldi. Bu zarba hali boshlanishi, bu hujum Isroilning “qush ham uchib oʻta olmasligi” aytilgan “Temir gumbazi” zaifligidan, Isroilning havo hujumidan mudofaa tizimlari musulmonlarning lablariga uchiq toshtiradigan darajada qudratli emasligidan darak beradi.
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida frantsuz mustamlakachiligiga qarshi harakatlarning birinchi qurultoyi boʻlib oʻtdi. Unda Korsika, Melaneziya, Polineziya mustaqilligi uchun kurashayotgan 20 ga yaqin siyosiy partiya va harakatlar etakchilari, Frantsiya mustamlakachiligidan jabr koʻrgan Karib dengizi va Antil orollari guruhi, shuningdek, Gollandiyaning ikki mustamlakasi vakolatli vakillari ishtirok etdi.
BMTning Xalqaro sudi Isroilni Falastin hududlarini ishgʻol qilishni darhol toʻxtatishga chaqirdi. Shuningdek, Xalqaro sud Isroil Sharqiy Quddus va Gʻarbiy Sohilda bosqinchi hisoblanishini qayd etib, undan Falastin hududlaridagi “adolatsiz harakatlari” tufayli etkazilgan barcha zararni qoplashni talab qildi.
The Trump Organization Saudiya Arabistonining Dar Global qurilish kompaniyasi bilan Dubayda (BAA) osmonoʻpar bino qurish boʻyicha kelishuvni imzoladi. Trump Tower Dubai deb nomlanadigan mazkur binoda Trump mehmonxonasi va turar-joy majmuasi ham oʻrin oladi.
Bangladeshda hukumatning ishga joylashish kvotasiga qarshi namoyishlar tartibsizliklarga aylanib, 28 kishining hayotiga zomin boʻldi. Namoyishchilar davlat televideniesi idorasiga bostirib kirgan, binoning avtoturargohi va foyesida yongʻin boshlagan. Mamlakatdagi barcha masjidlarda tartibsizliklarda halok boʻlganlar uchun gʻoyibona janoza namozi oʻqilmoqda.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 287 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Evgeniy Prigojinning shaxsan oʻzi tomonidan “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasiga yollanib, Ukrainadagi urushda qatnashgan Oʻzbekiston fuqarosi besh yil qamoq jazosiga hukm qilindi. U 2016 yilda ishlash uchun Rossiyaga boradi va boshqa bir muhojirni qasddan oʻldirgani uchun 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi. Qamoqxonaga “Vagner” rahbari Evgeniy Prigojinning shaxsan oʻzi kelib, mahbuslarga ozodlikka chiqish, yuqori maosh va fuqaroligi boʻlmaganlarga Rossiya fuqaroligini vaʻʻda qiladi.
Butun dunyo Isroil-Falastin mojarosini ikki davlat tamoyili asosida hal etishni taklif etayotgan bir vaqtda, yahudiy deputatlari Falastin davlatchiligini butunlay inkon etuvchi qonun loyihasini qabul qildi. "Isroil Knesseti Iordan daryosining gʻarbiy sohilida Falastin davlati tashkil etilishiga keskin qarshi”, - deyiladi hujjatda.
Frantsiya mustamlakasi ostidagi Yangi Kaledoniya mustaqilligi tarafdorlari frantsuz xavfsizlik kuchlarining oroldan chiqib ketishini talab qilmoqda. Kanak sotsialistik milliy ozodlik fronti Parijni Yangi Kaledoniyaning tub aholisini oʻz taqdirini oʻzi belgilash va oʻz erlarini mustaqil boshqarish huquqidan mahrum qilishga qaratilgan konstitutsiyaviy islohotga qarshi chiqqanlarga nisbatan qattiq bosimni davom ettirishda aybladi.