Shri-Lanka hukumati pandemiya davrida JSST islomiy dafn etish xavfsiz ekani haqidagi koʻrsatmalariga qaramasdan, COVID-19 qurbonlari majburiy kuydirilgani uchun musulmon ozchilikdan rasman kechirim soʻradi. Mamlakat musulmonlari kengashi ushbu qaror ortida turgan ikki akademik – Mettika Vithanage va Channa Jayasumanaga qarshi qonuniy choralar koʻrish va tovon pulini undirish choralari koʻrilishini maʻʻlum qildi.
Markaziy Osiyoda banklar Rossiya kompaniyalariga rad javobini bermoqda. Markaziy Osiyo banklari tomonidan Rossiya kompaniyalariga toʻlovlarni amalga oshirishdan bosh tortish holatlari 30 foizgacha oshgan. Shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston bilan toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari ikki haftaga uzaygan. Muammolar iyunʻ oyida Moskva birjasi va boshqa rus kompaniyalariga nisbatan AQSh sanktsiyalari joriy etilganidan keyin boshlangan.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 294 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Germaniya hukumati 24 iyulʻ kuni Gamburg islom markazi (IZH) faoliyatini rasman taqiqladi. Germaniya ichki razvedkasi markazning Eron taʻʻsiri ostida ekani haqida xabar berdi. Taqiq doirasida Germaniyada jami toʻrtta shia masjidi yopildi
24 iyulʻ kuni Moskvada Rossiya Mudofaa vazirligi polkovnigi avtomobiliga portlovchi moslama oʻrnatgan Evgeniy Serebryakov Turkiyada qoʻlga olindi. Juma kuniga oʻtar kechasi Moskvaga etkazilgan Serebryakov ushbu suiqasdni amalga oshirgani uchun Ukraina maxsus xizmati tomonidan ukrain fuqaroligi va 20 ming dollargacha pul mukofoti vaʻʻda qilinganini bildirdi.
Germaniya qurolli kuchlari bosh inspektori general Karsten Broyer Rossiya yiliga 1000-1500 ta tank ishlab chiqarayotgani, Bundesverda esa 300 ta tank qolganini maʻʻlum qildi. U razvedka maʻʻlumotlari Rossiya armiyasi Gʻarbga hujum qilishga hozirlik koʻrayotgani hamda 2029 yilga borib buni amalga oshirish uchun barcha qurol-yarogʻ va inson resurslariga ega boʻlishini taʻʻkidladi.
Isroildagi mehmonxonalarning 10 foizi moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi. Gʻazodagi urush boshlanganidan soʻng 2024 yilning dastlabki olti oyida mamlakat mehmonxonalarida 969 ming yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 81 foizga kam sayyoh tunagan. Sayyohlarning kam tashrif buyurayotgani mehmonxona va turizm xizmatlarini koʻrsatib kelayotgan Quddus aholisiga ham salbiy taʻʻsir koʻrsatmoqda.
HAMASning Gʻarbiy Sohildagi etakchisi Mustafo Muhammad Abu Ara Isroil qamoqxonasida vafot etdi. 63 yoshli Abu Araning “qasddan tibbiy eʻʻtiborsizlik tufayli” olamdan oʻtgani aytilmoqda.
Oʻtgan yili Yaponiyada rekord darajadagi 730 ming chaqaloq tugʻilgan boʻlsa, oʻsha davrda oʻlimlar soni 1,58 millionni tashkil etib, rekord yangilandi. Mamlakatdagi xorijliklar soni ham birinchi marta 3 milliondan oshib, umumiy aholining qariyb 3 foizini tashkil qildi. Soʻrovlar yosh yaponiyaliklar turmush qurish yoki farzand koʻrishni tobora koʻproq istamayotganini koʻrsatmoqda.
Isroil 15 iyuldan buyon Livan janubiga 5736 marotaba hujum uyushtirib, 540 ga yaqin kishining oʻlimiga sababchi boʻldi. 1850 kishi jarohatlangan. Shuningdek, 1800 gektardan ziyod maydon yongan, 28 mingga yaqin oila xavfsiz hududlarga koʻchirilgan. Isroil tomonida ham yoʻqotishlar mavjud. Xususan, mamlakat shimolidagi 43 ta aholi punkti evakuatsiya qilingan, 1500 dan ortiq bino, transport vositalari va infratuzilmaga zarar etgan.