Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) yakshanba kuni Leonardo da Vinchining “Soʻnggi kechki ovqat” kartinasiga parodiya qilingan ochilish marosimining bir qismiga nisbatan shikoyatlar ortidan rasman uzr soʻradi. Xususan, katolik cherkovi “dreg-kvin”lar (erkaklar kiyadigan ayollar libosi – tahr.) Iso Masihning shogirdlari bilan oxirgi bor taomlanishi tasvirlagan sahnani qattiq haqoratlagan deb topdi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 297 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Malida jangarilar Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi otryadiga hujum uyushtirdi. XHK bayonotida aytilishicha, jang 5 kun davom etgan va oxirgi xabarnomada uch kishi qarshilik koʻrsatayotgani bildirilgan. Manbalar 12 nafar harbiy asirga olingani, 53 nafari oʻldirilganini maʻʻlum qildi. Xususan, Prigojinning oʻrinbosari, uning oʻlimidan soʻng XHKga rahbarlik qilgan Anton Elizarovning ham asirga olingani aytildi.
Moliya vaziri Bezalel Smotrich, atrof-muhit vaziri Idit Silman, iqtisodiyot vaziri Nir Barkat va energetika vaziri Eli Koen dafn marosimiga kelishganida, qurbonlarning qarindoshlari ularni marosimdan quvib chiqarishdi. Ular fojiani siyosiy voqeaga aylantirishni istashmadi. “Biz druzlarning urf-odatlari boʻyicha tinchgina dafn marosimini oʻtkazish imkoniyatini berishni talab qilamiz”, — deb yozadi jamoa etakchilari Isroil hukumatiga murojaatida.
Parij-2024 olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi 26 iyulʻ kuni boʻlib oʻtdi. Unda namoyish etilgan sahna koʻrinishlari dunyoning esli-xushli insonlarini larzaga soldi. Taniqli shaxslar, blogerlar, ommaviy axborot vositalari frantsuz tomoshalarini “jirkanch”, “didsiz”, “ahmoqona”, “haqiqiy axlat” deb baholadilar. Ushbu tomoshalar mavzuviy jihatdan oʻta jinsiylashtirilgani va xudoga shak keltirishga qaratilgani tufayli dunyo hamjamiyatining nafaratiga uchradi.
Kanada Oliy sudi 1850 yilda mahalliy hindu qabilalari va Britaniya qirolligi oʻrtasida erdan foydalanganlik uchun har bir tub aholi vakiliga tovon puli toʻlanishi kerakligi haqidagi shartnoma shartlari bajarilmagani toʻgʻrisida hukm chiqardi. Bu mahalliy hindu qabilalarining har bir vakiliga katta miqdorda tovon puli toʻlanishi mumkinligini anglatadi.
Amerikalik aktrisa JenAmerikalik aktrisa Jenifer Lopez falastinliklarga oziq-ovqat va tibbiy yordam uchun 4,5 mln dollar miqdorida xayriya ajratdi.
Eron Isroilning ishgʻol ostidagi Golan tepaliklariga uyushtirilgan hujumda Hizbullohni ayblayotganini "oʻylab topilgan stsenariy" deb atadi. Majdal-Shams shahridagi stadionga uyushtirilgan raketa hujumida eng kamida 12 kishi – asosan bolalar halok boʻldi. Hizbulloh ushbu hujumga aloqadorligini "qatʻʻiy ravishda rad etib", hodisaga Isroilning "Temir gumbaz" tizimidagi nosozlik sabab boʻlganini bildirdi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 295 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Evropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan 200 mlrd evrolik aktivlaridan tushgan foydadan birinchi 1,5 milliard evroni ajratdi. Kreml munosib javob qaytarishga vaʻʻda berdi.