Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 340 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Amerikaning Foreign Affairs nashri mualliflari Grem Ellison va Amos Yadlinning fikricha, Netanyaxuning murosasiz yondashuvi Isroilni gʻalaba qozonib boʻlmaydigan urushga olib kirishi mumkin. Maqolada aytilishicha, bugun Isroilning avvalgi 13 bosh vaziridan birortasi hokimiyat tepasida boʻlganida, Isroilning oʻzi ishlab chiqqan va may oyi oxirida AQSh taklif qilgan kelishuvni qabul qilishi aniq edi.
Latviyada Belarus hududi orqali kirgan Rossiya uchuvchisiz uchogʻi halokatga uchradi. Latviya Mudofaa vazirligi mamlakat havo hududi buzilishi tasodifiy boʻlganini maʻʻlum qildi. Shundan boʻlishiga qaramasdan, bu haqda NATOga aʻʻzo davlatlar xabardor qilingan va rus elchisi TIVga chaqirilgan.
RF Davlat Dumasida muhojirlar bolalariga bepul taʻʻlimni bekor qilish taklifi
Niger davlatida loy va yogʻochdan qurilgan noyob 200 yillik masjid binosi kuchli yogʻingarchiliklar sababli qisman vayron boʻldi. Yomgʻirlar mavsumida mamlakat boʻylab 217kishi tabiiy ofat qurboni boʻldi.
Iordaniya fuqarosi Mahir Hijaziy Iordaniya-Isroil chegarasida qurolli hujum uyushtirib, 3 isroillikni oʻldirdi, oʻzi ham shahid etildi. Iordaniya hukumati hujumni qoraladi, Isroil esa chegara punktini har ikki tomondan yopib qoʻydi.
Frantsiyadagi sekulyarizm siyosatining mamlakatdagi musulmon jamiyatiga hamda uning radikallashuviga taʻʻsiri alohida tadqiq etilishi kerak boʻlgan mavzu hisoblanadi. Bu masala Frantsiya singari Oʻzbekistonda ham sodir boʻlayotgan jarayonlarning qaerga qarab ketayotganini tushunish uchun juda muhimdir.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 336 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Pavel Durov Frantsiyada qoʻlga olinganidan soʻng ilk bor bayonot bilan chiqdi. U Telegram koʻplab mamlakatlar bilan hamkorlikka tayyorligi biroq oʻz printsiplaridan voz kechmasligini maʻʻlum qildi.