Koreya Respublikasi prezidenti Yun Seok Yol 10-15 iyunʻ kunlari davlat tashrifi bilan Turkmaniston, Qozogʻiston va Oʻzbekistonda boʻladi. Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi birinchi oʻrinbosari Kim Tae Xening aytishicha, Yun dushanba kuni birinchi xonim Kim Keon Xi hamrohligida olti kunlik safarini boshlaydi va 15 iyunga qadar Markaziy Osiyoning uchta davlatiga tashrif buyuradi.