AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Papa kiyimidagi sunъiy intellekt orqali yaratilgan suratini X'dagi (Sobiq tvitter) sahifasiga joylashtirdi. Papa Frantsisk vafotidan atigi 11 kun oʻtib eъlon qilingan ushbu surat koʻplab tanqidlarga sabab boʻldi.


Suratda Tramp oq libosda, boshida papa qalpogʻi (mitra) va boʻynida katta xoch bilan tasvirlangan. Tramp hatto ilgari jurnalistlarga bergan intervьyusida hazil tariqasida: “Men Papa boʻlishni istardim. Bu men uchun birinchi raqamli tanlov boʻlardi”, degan edi. U, shuningdek, Nьyu-Yorkdagi bir kardinalni papalik uchun “juda yaxshi nomzod” deb baholagan.


Papa Frantsisk 88 yoshida insulьt va yurak etishmovchiligi oqibatida vafot etgandi. Shundan soʻng yangi Papa saylovi boshlangan.


Trampning mazkur posti ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab tanqidlarga sabab boʻldi. Katolik jamoasi aъzolari esa bu suratni "hurmatsizlik" deb atagan. Shuningdek, Trampning Papa dafn marosimiga noodatiy koʻk kostyumda kelgani va marosimda saqich chaynagani ham tanqidlarga sabab boʻlgan edi. Baъzilar esa uning marosim chogʻida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvini nooʻrin deb topgan.


Mavzuga aloqador