Tramp: “Biz Gʻazoga mehribon boʻlishimiz kerak”


Donald Tramp isroil* bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot chogʻida Gʻazo sektoriga oziq-ovqat va dori-darmon etkazib berishga ruxsat berishini soʻradi, deb xabar qildi TRT nashri.


U suhbat davomida: “Biz Gʻazoga mehribon boʻlishimiz kerak. Bu odamlar azob chekmoqda”, degan.


Maъlumotlarga koʻra, mart oyining boshidan buyon Gʻazo sektoriga hech qanday gumanitar yordam etkazilmagan. sionistlar esa HAMAS barcha garovdagilar ozod qilinmaguncha yuk mashinalarining kirishiga yoʻl qoʻymasligini bildirmoqda. 


Shu orada BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi 25 aprel kuni bergan bayonotida Gʻazodagi oziq-ovqat zaxiralari butunlay tugaganini maъlum qildi.


“Biz bu masala bilan shugʻullanmoqdamiz. Hozir dori-darmon va oziq-ovqatga keskin ehtiyoj bor va biz bu muammoni hal qilish ustida ishlayapmiz”, degan Tramp Air Force One bortida jurnalistlarga bergan intervyusida. U, shuningdek, Netanyaxuning bu murojaatni “yaxshi qabul qilganini” aytdi.


Gʻazo rasmiylari maъlumotiga koʻra, 2023 yil oktyabrь oyida boshlangan urushdan beri mintaqada 51 300 dan ortiq odam halok boʻlgan.

Mavzuga aloqador