Sudʻya Trampning migratsiya toʻgʻrisidagi farmonini toʻxtatdi
Sietl federal sudi sudʻyasi prezident Donalʻd Trampning Amerikada tugʻilgan muhojir bolalariga AQSh fuqaroligini berishni cheklash toʻgʻrisidagi farmonini toʻxtatdi.
Prezident Donalʻd Tramp 20 yanvarda lavozimga kirishgan birinchi kuni imzolagan mazkur farmon AQSh hududida tugʻilgan har qanday bolaning avtomatik ravishda fuqarolik olishi haqidagi konstitutsiyaviy qoidani oʻzgartirishni taklif etgan edi.
Maʻʻmuriyatning fikriga koʻra, tugʻma fuqarolik huquqi noqonuniy yoki vaqtinchalik tarzda mamlakat hududida boʻlgan xorijliklarning farzandlariga tatbiq etilmasligi kerak. Biroq sudʻya farmonni qonuniy kuchga kirmasligi uchun vaqtinchalik toʻxtatishga qaror qildi.
https://t.me/azon_global/7672
Eslatib oʻtamiz, AQShning 22 shtati Trampning lavozimga oʻtirishi bilan imzolagan ota yoki onasi noqonuniy muhojir boʻlgan bolalarga Amerika fuqaroligini berishni bekor qilish haqidagi farmoniga qarshi sudga shikoyat kiritgandi. Kaliforniya bosh prokurori Trampning farmonini konstitutsiya va Amerika qadriyatlariga zid deb atadi.













