Sudan dunyodagi eng yirik gumanitar inqirozni boshdan kechirmoqda
2023 yil 15 aprelda boshlangan ichki fuqarolik urushdan deyarli ikki yil oʻtgan boʻlsa-da, Sudan bugun tarixidagi eng ogʻir gumanitar inqirozni boshdan kechirmoqda. Aholining yarmi — 30 millionga yaqin kishi — ocharchilik xavfi ostida qolmoqda.
Rasmiy maъlumotlarga koʻra, kamida 20 ming odam halok boʻlgan. Biroq, malliy manbalar qurbonlar soni bundan ancha koʻp ekani taъkidlanmoqda. Urush tufayli 8 milliondan ortiq inson oʻz yurtida koʻchishga majbur boʻlgan, yana 4 millionga yaqini esa qoʻshni davlatlarga bosh olib ketdi.
BMT oʻzining rasmiy saytida “mamlakat sogʻliqni saqlash tizimi deyarli butunlay ishdan chiqqan: kasalxonalar hujumlarga uchrayapti, shifokorlar va tibbiyot xodimlari ommaviy tarzda mamlakatni tark etmoqda”, deya maъlumot berdi.
Ocharchilik birinchi bor Shimoliy Darfurdagi Zamzam lagerida qayd etilgan boʻlib, bugunga kelib Darfur va Kordofan mintaqalaridagi 10 ta hududga tarqaldi. Vaziyat ayniqsa, 2024 yilning may oyidan beri qamalda qolgan Al-Fashir shahrida nihoyatda ogʻir.
BMTning Jahon Oziq-ovqat Dasturi (WFP) har oyda 3 milliondan ortiq sudanlikka yordam koʻrsatmoqda. Asosan raqamli pul oʻtkazmalari orqali yordam etkazilmoqda, deyiladi rasmiy xabarlarda. Yaqin olti oy ichida yana 7 million kishiga yordam koʻrsatish uchun 650 million dollar mablagʻ zarur.
Agar gumanitar tashkilotlar etarlicha moliyalashtirilmasa va zarur hududlarga kirish imkoniyati taъminlanmasa, urushning uchinchi yilida yana oʻn minglab insonlar hayotdan koʻz yumishi mumkin.












