Sudan armiyasi Xartumni oʻz nazoratiga oldi
Sudan suveren kengashi raisi va armiya bosh qoʻmondoni Abdulfattoh al-Burhon 26 mart kuni Xartum toʻliq ozod qilinganini eъlon qildi.
Maъlum boʻlishicha, Sudan armiyasi shahardagi strategik nuqtalar – Xartum xalqaro aeroporti va prezident saroyini ayirmachi Tezkor harakat kuchlaridan qaytarib olgan.
Al-Jazeera nashriga koʻra, 21 mart kuni al-Burhon prezident saroyiga tashrif buyurib, armiyaning muvaffaqiyatli hujumini eъtirof etgan.
Hozirda poytaxtning katta qismi hukumat nazoratida boʻlsa-da, ayirmachilar janubiy hududlarda faolligini saqlab qolmoqda.












