Rossiya bir hafta ichida Ukrainaga 1400 dan ortiq havo hujumini amalga oshirdi
Ukrainadagi urush yanada kuchayib, Rossiya armiyasi faqat soʻnggi hafta ichida mamlakat hududiga 50 ga yaqin raketa, 660 ta dron va 760 dan ortiq havo bombalari bilan hujum qilgan.
1 fevral shanba kuni amalga oshirilgan hujumlar Sumi, Xarkov va Poltava shaharlariga katta zarar etkazdi. Bu hujumlarda 15 kishi, jumladan, 9 yoshli Sofiya kabi toʻrt nafar bola halok boʻlgan.
BILD muharriri Karen fon Guttenberg Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib:
"Ushbu bolaning aybi nima edi?" – dedi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gʻarbdan yanada koʻproq havo hujumidan mudofaa tizimlari va uzoq masofali raketalar taqdim etishni talab qildi.
"Dunyo Rossiyani oʻzining shafqatsiz va asossiz tajovuzini toʻxtatishga majbur qilishi kerak," – dedi Zelenskiy.
Shuningdek, Ukraina rahbari Rossiyaga nisbatan xalqaro sanktsiyalar bosimini kuchaytirish lozimligini yana bir bor taʻʻkidladi.













