Lion, 7 fevralь — Frantsiya hukumati Lion yaqinida joylashgan Al-Kindi xususiy musulmon maktabining litsenziyasini bekor qildi. Natijada, 600 dan ortiq oʻquvchi taъlimsiz qolish xavfiga duch keldi, 30 nafar oʻqituvchi esa ishsiz qolishi mumkin.

Hukumatning qarorini Lion prefekti Fabienne Buccio qonunbuzarliklar va "Respublika qadriyatlariga hujum" bilan izohladi. Uning taъkidlashicha, maktab maъmuriyati taъlim va boshqaruv bilan bogʻliq talablarni buzgan.

Nega maktab yopildi?

Tekshiruv natijalariga koʻra, hukumat bir nechta asosiy dalillarni keltirgan:

Maktab kutubxonasida ikkita "radikal" deb baholangan kitob borligi;

YouTube'da oʻqituvchilardan birining bahsli bayonotlari tarqalgani;

Frantsiya hukumati maktabni "Musulmon birodarlar" harakatiga yaqin" deb baholagan.


Musulmon maktablariga bosim ortib bormoqda

Bu Frantsiyada yopilgan birinchi musulmon maktabi emas. Bir yil avval Lill shahridagi Averroes maktabi ham hukumat yordamini yoʻqotgan. Oqibatda, oʻquvchilar uchun toʻlov ikki baravar oshgan va maktab talabalarining yarmini yoʻqotgan.

Frantsiyada 127 ta xususiy musulmon maktabi bor, ularning atigi 10 tasi davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Shu bilan birga, 7045 ta katolik maktablari davlat mablagʻlari bilan taъminlanadi va 2 million talabaga taъlim beradi.

Al-Kindi direktori Abduluahb Bakli:
"Katolik maktablari 15 yilda bir marta tekshiriladi, musulmon maktablari esa har yili nazorat qilinadi."

Maktab rahbariyati mablagʻ yigʻishga kirishdi

Al-Kindi maъmuriyati maktabni saqlab qolish uchun moliyalashtirish kampaniyasini boshlab, 255 ming evro yigʻishga muvaffaq boʻldi.

Mutaxassislarning fikricha, Frantsiya hukumati musulmon maktablariga bosimni kuchaytirsa, bu yashirin taъlim muassasalarining koʻpayishiga olib kelishi mumkin.

Mavzuga aloqador