Kashmirlik savdogarlar Hindistonda hujumga uchradi
Hindistonning Mussoorie shahrida 20 yildan beri sharf sotib kelgan pokistonlik Shabir Ahmad Dar va uning sherigi hujumga uchradi. Ularni millatchi hindlar omma oldida doʻpposlab, haqorat qilgan. Mahsulotlarini esa talon-taroj qilishgan.
Savdogar Darning aytishicha, radikallar ularni haqoratlab, shahardan chiqib ketishini buyurgan. Ularning minglab dollarlik mahsulotlari esa hali ham millatchilarning qoʻlida.
Hujum videosi internetda tarqaldi: politsiya uch nafar hujumchini qisqa muddatga hibsga olgan, ammo jarima solib, tezda ozod qilgan. Shu voqeadan soʻng Dar va u bilan birga ishlagan boshqa oʻnlab kashmirlik savdogarlar Mussoorieni tark etdi.













