Rossiya va Xitoy Kashmirdagi teraktni tergov qilishda ishtirok etishi mumkin
Pokiston Mudofaa vaziri Havaja Muhammad Asifning bayonotiga koʻra, Rossiya va Xitoy Hindiston nazorati ostidagi Jammu va Kashmir shtatining Pahalgam hududida sodir boʻlgan terakt boʻyicha xalqaro tergov jarayoniga qoʻshilishi mumkin. Bu haqda Asif Sputnik axborot agentligiga bergan intervyusida maъlum qildi.
Vazirning taъkidlashicha, Islomobod harbiy toʻqnashuvni boshlash niyatida emas, biroq, agar Hindiston keskinlikni kuchaytirsa, Pokiston bunga munosib javob qaytaradi. “Agar Hindiston Pokistonga bostirib kirishga yoki hujum qilishga urinsa, biz ham xuddi shunday javob beramiz”, dedi Muhammad Asif.
Eslatib oʻtamiz, 22 aprel kuni Jammu va Kashmir shtatining Pahalgam hududida qurollangan shaxslar sayyohlarga oʻt ochdi. Hodisa oqibatida 27 kishi halok boʻldi, koʻplab odamlar jarohatlandi.
Hindiston rasmiylari hujum uchun Pokistondan kirib kelgan shaxslarni aybladi. Shundan soʻng, Dehli “Hind daryosi suv resurslari toʻgʻrisidagi shartnoma”ni bekor qilishni eъlon qildi, Nъyu-Dehlida ishlayotgan pokistonlik maslahatchilarni mamlakatni bir hafta ichida tark etishga chaqirdi hamda Pokiston fuqarolariga berilgan vizalarni bekor qildi.
Pokiston esa bu ayblovlarni qatъiyan rad etdi va oʻz navbatida, Islomoboddagi Hindiston diplomatik missiyasi xodimlari sonini qisqartirdi. Shuningdek, Pokiston rasmiylari Hindiston tomonidan Hind daryosi havzasidagi suv oqimini toʻxtatishga yoki oʻzgartirishga qaratilgan har qanday harakatni urush harakati sifatida baholashlarini maъlum qildi.
Bundan tashqari, Pokiston hukumati Hindiston bilan savdo aloqalarini toʻliq toʻxtatdi va oʻz havo hududini Hindiston samolyotlari uchun yopdi.













