Dunyoda OAV erkinligi tarixiy past darajaga tushdi
«Chegara bilmas muxbirlar» tomonidan chop etilgan reytingda «Dunyo boʻylab soʻz erkinligi eng past darajaga etgani» maъlum qilindi.
Reytingga koʻra, 180 mamlakat va hududdan 90 tasida ommaviy axborot vositalari xodimlarining ahvoli «qiyin» yoki «juda jiddiy» deb tan olingan.
Xavfsizlik muhitining beqarorligi va avtoritarizmning kuchayishi bilan bir qatorda, iqtisodiy bosim ham asosiy sabab boʻlib qolmoqda.
Reyting mualliflarining taъkidlashicha, bugungi kunda butun dunyo boʻylab tahririyatlar tobora mustaqillik va iqtisodiy omon qolish istagi oʻrtasida tanlov qilishga majbur boʻlmoqda.
Tashkilot ijrochi direktori Anya Osterxaus ommaviy axborot vositalari moliyaviy qiyin ahvolga tushib qolsa, yolgʻon maъlumotlar, dezinformatsiya va targʻibotni fosh etolmay qolishidan xavotir bildirgan.













