"AQSh hukumati bir qator davlatlardan mamlakatga kirishni taqiqlash yoki jiddiy cheklash masalasini koʻrib chiqmoqda", deb yozmoqda New York Times nashri manbalarga tayanib.

Qora roʻyxatga kiritilishi mumkin boʻlgan davlatlar soni 11 tani tashkil qiladi, shulardan ettitasi Islom davlatlari hisoblanadi. Gap Afgʻoniston, Eron, Liviya, Sudan, Somali, Suriya va Yaman haqida ketmoqda. Shuningdek, bu roʻyxatga Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR), Kuba, Venesuela va Butan ham kiritilgan.

Bundan tashqari, Vashington ayrim davlatlar fuqarolari uchun vizalarni "keskin cheklash" imkoniyatini ham koʻrib chiqmoqda.. Bunday davlatlar qatoriga Rossiya, Belarus, Pokiston, Mьyanma, Turkmaniston, Eritreya, Laos, Sьerra-Leone, Janubiy Sudan va Gaiti kiradi. 

Taqiq va cheklovlar doirasida faqatgina boy biznesmenlar AQShga tashrif buyurish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin, turizm va immigratsiya esa qattiq cheklanadi.

Mavzuga aloqador