Bombalanayotgan Gʻazo: 375-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 375 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Isroil ishgʻol kuchlari soʻnggi 24 soat ichida Gʻazo sektorida
oilalarga qarshi toʻrtta qirgʻin uyushtirdi, natijada kamida 55 falastinlik halok
boʻldi, yana 329 kishi jarohat oldi.
▪️Mahalliy sogʻliqni saqlash idoralari 7 oktyabrdan beri Isroil
hujumi oqibatida halok boʻlgan falastinliklar soni 42 344 kishi halok boʻlganini,
yana 99 013 kishi jarohat olganini tasdiqladi. Qurbonlarning aksariyati ayollar va
bolalardir.
▪️Seshanba kuni isroillik mustamlakachilar Isroil ishgʻol
politsiyasi himoyasi ostida bosib olingan Quddusdagi Al-Aqso masjidi hovlilariga
bostirib kirdi. Guvohlarning aytishicha, oʻnlab mustamlakachilar guruhlar boʻlib
Al-Aqso masjidiga
bostirib kirgan, ulardan baʻʻzilari "epik sajda" kabi Talmud
marosimlarini bajargan.
▪️Isroil ishgʻol kuchlari bosib olingan Gʻarbiy Sohilda kamida
25 nafar falastinlikni, jumladan bir qizni hamda bir necha sobiq mahbusni hibsga
oldi. Urush boshlangan 2023 yilning
oktyabrʻ oyidan buyon Gʻarbiy Sohilda, jumladan Quddusda 11300 dan ortiq
falastinlik hibsga olingan.
▪️AQSh
Eronning ballistik raketalarini qaytara olmagan Isroil havo hujumidan mudofaa tizimi uchun shunday
kuchga qodir THAAD ilgʻor havo mudofaa tizimini hamda uni ishlatish va bunga oʻqitish
uchun oʻz harbiy mutaxassislarini yubormoqda.
▪️27
sentyabrʻ kuni Bayrutga uyushtirilgan hujumda Hizbulloh etakchisi Hasan Nasrulloh
bilan birga boʻlgan Eron Inqilobiy Gvardiyasi qoʻmondoni Abbos Nilfarushanning
jasadi Eronga keltirildi. Uning dafn marosimi Xomanaiy tomonidan oʻtkaziladi.
▪️Isroil
Livan shimolidagi asosan nasroniylar yashaydigan shaharchaga zarba berdi: 18 kishi
halok boʻldi.
▪️Germaniya
tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Sebastʻyan Fisher: “Isroil Gʻazoda genotsid
qilayotganiga oid hech qanday alomat koʻrmayapmiz”.
▪️Isroilning
Ashdod yaqinida falastinlik odamlarga qurolli hujum uyushtirdi: 1 ta yahudiy oʻldi, 4
tasi yaralandi. Hujumni sodir etgan falastinlik shahid boʻldi.
▪️Albaniyada
tashkil etiladigan Bektoshiy-Alaviy avtonom davlati rahbari Baba Mondi: “Oʻzimni
Isroil xalqining birodari deb bilaman”.
▪️Iordaniya sogʻliqni saqlash maʻʻlumotlarini qayta ishlash va saqlash boʻyicha Presight Isroil-BAA qoʻshma kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi.













