Isroil propagandachi boti nazoratdan chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Isroilga xayrixoh pozitsiyani targʻib qilish uchun yaratilgan FactFinderAI nomli sunʻʻiy intellekt bot toʻsatdan Isroilni tanqid qilib, qarama-qarshi fikrlarni tarqata boshladi.

Avvalroq FactFinderAI BMTning UNRVA agentligiga hujum qilib, uni XAMAS bilan aloqadorlikda ayblagan. Biroq, keyinchalik bot UNRVAni maqtab, uning falastinlik qochqinlarga yordam berishdagi ahamiyatini eʻʻtirof etgan.

Shuningdek, u:
Isroillik askarlarni “oq mustamlakachilar” deb atagan, AQShning sobiq davlat kotibi Entoni Blinkenni tanqid qilib: “bu odam Gʻazoda katta azob va vayronagarchiliklarga sabab boʻlgan”, deb yozgan.

FactFinderAI aniq ravishda Isroil hukumatining Gʻazo urushi haqidagi pozitsiyasini Internetda targʻib qilishga qaratilgan loyihalardan biri ekanligi maʻʻlum emas. Biroq, FakeReporter tahlilchilarining xulosasiga koʻra, ushbu bot va Israel Online tashabbusi oʻrtasidagi aloqalar mavjud. Ushbu tashabbus X (Twitter) va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda faol boʻlgan.

Isroil OAV maʻʻlumotlariga koʻra, 2023 yil oktyabrda Gʻazo urushi boshlanganidan beri Isroil hukumati axborot urushi uchun sunʻʻiy intellekt dasturlariga yuz minglab dollar sarflagan.
Ushbu voqea sunʻʻiy intellekt asosidagi propaganda mexanizmlarining xatolarga moyilligi va axborot urushidagi rolini yana bir bor koʻrsatmoqda.

Mavzuga aloqador