OCCRP (Jinoyat va korruptsiyani oʻrganuvchi jurnalistlar konsortsiumi) Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni “2024 yilning korruptsioneri” unvoniga sazovor deb topdi. Shuningdek, Ekvatorial Gvineya prezidenti Teodoro Obiangga “Umr davomida erishgan antiyutuqlari uchun” maxsus mukofot berildi.

OCCRP maʻʻlumotiga koʻra, Asad rejimi mintaqadagi turli jinoyatlar va korruptsiya manbai boʻlgan. Asad hukumati kaptagon (sintetik giyohvand modda) ishlab chiqarish, odam savdosi, qadimiy buyumlarni oʻgʻirlash va qurol kontrabandasi orqali milliardlab dollar daromad olgan.

Media-platforma Daraj.com asoschisi Aliya Ibrohimning taʻʻkidlashicha, Asad hukmronligi mintaqada misli koʻrilmagan zoʻravonlik, iqtisodiy tanazzul va ijtimoiy halokatlarga sabab boʻlgan. Uning fikriga koʻra, bu zararni bartaraf etish uchun bir necha oʻn yillar talab etiladi.

OCCRP tanlovida 40 mingdan ziyod kishi Keniya prezidenti Uilyam Rutodan mamlakatdagi korruptsiya va ijtimoiy inqirozlar uchun hisob olinishini taklif qilgan. Biroq, Asadning jinoyatlari koʻplab mamlakatlarga zarar etkazgani uchun mukofot unga berildi.

OCCRP shu yil birinchi marta “Umr davomida erishgan antiyutuqlari uchun” maxsus mukofotini taʻʻsis etdi. Mukofotni 1979 yildan beri hokimiyatda boʻlgan Ekvatorial Gvineya prezidenti Teodoro Obiang Ngema Mbasogo qoʻlga kiritdi.

Obiang diktatorlik davrida repressiyalar, qiynoqlar va korruptsiya orqali oʻz oilasi uchun juda katta boylik toʻplagan. Ganalik jurnalist Anas Aremeyo Anas uni Afrikada korruptsiya va jazosizlik ramzi sifatida taʻʻrifladi.

OCCRP har yili korruptsiyaning eng yorqin namunalari va ularning jamiyatga koʻrsatgan salbiy taʻʻsirlarini koʻrsatish uchun shunday tanlov oʻtkazadi. 2024 yilgi tanlov Asad va Obiang kabi shaxslarning inson huquqlari va jamiyatga etkazgan zararini yana bir bor namoyish etdi.

Mavzuga aloqador