Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 405 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Shayx Radvan hududi, Xon Yunis, Jabaliya, Mavosi va Nuseyrat lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 43 712 kishi shahid boʻldi.

▪️Bir oy ichida fashistlar Gʻazoda 20 nafar insonparvarlik tashkilotlari xodimini oʻldirdi.

▪️Al-Qassam brigadalari Nittsarim oʻqida dushmanga  zarba berishdi. Gʻazodan anklav bilan chegara yaqinidagi Eretsga ham raketa hujumi uyushtirildi. 48 soat ichida Gʻazo va Livanda 11 bosqinchi oʻldirildi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Tubas, Tulkarm, Nablus va Ramallahga hujum qilmoqda. Tulkarmda 2 nafar yosh halok boʻldi, bir bola yaralandi.

▪️"Hizbulloh"ning toʻrt nafar jangarisi Livan janubidagi uylardan biriga kirgan Golani brigadasining 6 nafar ishgʻol askarini nolʻ masofadan yoʻq qildi. Yil davomida 107 Golani askari yoʻq qilindi.

▪️"Hizbulloh" Tel-Avivdagi Isroil Mudofaa vazirligi Bosh shtabiga uchuvchisiz samolyotdan zarba berdi, Hayfa va Eylatga ham raketa zarbasi berdi.

▪️Bosqinchilar Bayrut chekkasida, jumladan Falastinning Burj al-Barajna lageriga 14 marta zarba berdi.

▪️100 nafar talaba Italiyaning "Leonardo" mudofaa kompaniyasi shtab-kvartirasini Isroilga qurol etkazib berayotgani sababli toʻsib qoʻydi.

▪️Irlandiyaning Fontaines DC musiqiy guruhi Zorlu Holding tomonidan Isroilga energetika sohasiga sarmoya kiritilganiga norozilik bildirib, Turkiyadagi kontsertlarini bekor qildi.

Mavzuga aloqador