Kimga
Global tillar orqali kirib kelayotgan begona qadriyatlar va yoshlar ongidagi oʻzgarishlar haqida
Globallashuv zamonida til oʻrganish zaruratga aylandi. Har bir yangi til — yangi imkoniyat, yangi eshik. Ammo bu eshikdan faqat soʻz va qoidalar emas, balki madaniyat, qadriyatlar va turmush tarzi ham kirib keladi. Til oʻrganayotgan har bir yosh aslida boshqa xalqning dunyoqarashi bilan tanishadi, baъzan esa oʻzga millat, oʻzga din vakillarining zehniyatini ongiga singdiradi. Bu holat bugungi kunda yurtimizda ayniqsa yaqqol koʻzga tashlanmoqda.
Rus tili: Tarixdan qolgan merosmi yoki madaniy bosim?
Oʻzbekistonga sobiq ittifoqdan qolgan eng katta meroslardan biri — rus tili. Bugun ham mamlakatimizda 1000 dan ortiq rus maktabi faoliyat yuritmoqda va bu maktablarda tahsil olayotgan oʻquvchilar soni 2024 yilda 250 mingdan oshdi. Bu esa umumiy maktab oʻquvchilari sonining 7 foizidan koʻprogʻini tashkil etadi.
Koʻpchilik mazkur holatni til oʻrganish imkoniyati sifatida baholaydi, ammo boshqa tomondan u milliy til va madaniyatga nisbatan loqaydlikni ham kuchaytirmoqda. Adabiy oʻzbek tilida soʻzlashmaydigan, oʻz tarixini chuqur bilmaydigan yoshlar soni ortib bormoqda. Rus tilida oʻqiydigan yoshlar orasida "oʻzbekchada gapirishdan uyalamiz" degan fikrlar keng tarqalgan. Shuningdek, qariyb 100 yildan beri Oʻzbekistonda yashab kelayotgan boshqa millat vakillari orasida ham oʻzbek tilini bilmasdan, mahalliy aholiga rus tilida murojaat qilish holatlari mavjud. Bu esa xuddi "sening hududingda men hukmronman" degan taassurot qoldiradi. Millatidan qatъi nazar, har bir fuqaro Oʻzbekistonda yagona davlat tili — oʻzbek tilini bilishi shart. Bundan bosh tortish — qonunlarga nisbatan ehtiromsizlik, bu yurtda yashovchilarni pisand qilmaslik alomati hisoblanadi.
Ingliz tili: Global bilimmi yoki gʻarbga taqlid?
Ingliz tili — zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar tili. Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻrganish boʻyicha kurslar soni 2024 yilda 10 mingdan oshgan. Har yili 500 mingdan ortiq yoshlar ingliz tilida taъlim olmoqda. Biroq til bilan birga Gʻarb madaniyati, hayot tarziga boʻlgan yondashuv va psixologik qadriyatlar ham kirib kelmoqda. Netflix, Instagram, TikTok kabi platformalar orqali tarqalayotgan kontentlar yoshlar ongiga "individualizm", "egoizm", "mustaqillik", "ruhiy sogʻlomlik" kabi tushunchalarni olib kirmoqda. Bu tushunchalar mohiyatini chuqur anglamasdan, ularni mahalliy muhitga notoʻgʻri moslash natijasida oilaviy qadriyatlar, ota-onaga hurmat kabi asosiy tushunchalar zaiflashmoqda.
Koreys tili va K-pop madaniyati: Oʻzlikni yoʻqotishning boshlanishimi?
Oʻzbekistonda 2019 yilda 10 mingga yaqin yoshlar koreys tilini oʻrganayotgan boʻlsa, 2024 yilga kelib bu koʻrsatkich 5 barobarga — 50 mingga etdi. Bunda taъlim sohasidan tashqari, asosiy sabab — K-pop va koreys seriallari (doramalar) taъsiri boʻldi.
K-pop guruhlari va aktyorlarining tashqi koʻrinishi, yurish-turishi va gapirish uslubi koʻplab yoshlar uchun idealga aylangan. Natijada milliy qadriyatlar xorij estetikasiga boʻysundirilmoqda. Yoshlar orasida koreyscha yashashga intilish (soch turmagi, kiyinish uslubi, hatto plastik operatsiya haqida oʻylash) holatlari koʻpaymoqda. Bu esa "biz pastmiz, ular yuqori" degan ong osti kompleksini shakllantirmoqda.
Assimilyatsiyami yoki ijtimoiy barqarorlik?
Til va madaniyat bir-biriga uzviy bogʻliq. Bir tilni mukammal oʻrganayotgan yosh sekin-asta oʻsha til egalari kabi fikrlay boshlaydi. Bu jarayon madaniy assimilyatsiya deb ataladi. Oʻzligini anglamagan, oʻz tili va qadriyatidan faxrlanmaydigan avlod esa har qanday tashqi taъsirga itoatkor boʻladi.
Psixologlarning taъkidlashicha, til oʻrganish faqat lugʻaviy emas, balki hissiy tafakkurga ham taъsir qiladi. Inson yangi tilda fikrlay boshlaganida, ushbu tilga xos his-tuygʻular va reaktsiyalar ham ongida aks etadi. Shu sababli oʻz tilida fikrlamaydigan yoshlar oʻz xalqi ruhiy merosidan uziladi.
Nima qilish kerak?
Til oʻrganish — oʻzlikni boyitish uchun boʻlishi kerak, oʻzlikni yoʻqotish uchun emas.
Adabiy oʻzbek tilini rivojlantirish, zamonga mos kontentlar yaratish — eng muhim vazifa. Yoshlar eng vaqtini ajratayotgan Instagram, Youtube , TikTok kabi platformalar orqali oʻzbek madaniyatini zamonaviy formatda ommalashtirish lozim.
Til tanlash — kim boʻlishimizni tanlashdir
Yoshlarimiz inglizcha, ruscha, koreyscha gapirsin — ammo oʻzbek tilida yashasin. Har bir xorijiy til bir eshik boʻlishi mumkin, ammo biz u eshikdan kirganda oʻz uyimizdan chiqib ketmasligimiz shart. Chunki oʻz uyini yoʻqotgan inson qaerga borishidan qatъi nazar, oʻzga yurtdan boshpana izlashi muqarrar.
Muxlisa Mahmud