Mahmud Mahmud
- 01
Psixologlarning taъkidlashicha, til oʻrganish faqat lugʻaviy emas, balki hissiy tafakkurga ham taъsir qiladi. Inson yangi tilda fikrlay boshlaganida, ushbu tilga xos his-tuygʻular va reaktsiyalar ham ongida aks etadi. Shu sababli oʻz tilida fikrlamaydigan yoshlar oʻz xalqi ruhiy merosidan uziladi.
Dunyo tez oʻzgarmoqda. Televizion koʻrsatuvlar, filьmlar, seriallar, ijtimoiy tarmoqlar, hatto reklamalar ham inson ongiga bevosita taъsir qilmoqda. Ammo bu taъsirning bir xavfli tomoni bor — bu “desensitizatsiya”, yaъni inson biror yomonlikka, buzuqlikka, noqulay holatlarga koʻp bor duch kelganida unga nisbatan sezgirligini yoʻqota boshlaydi. Bu jarayon “axloqiy desensitizatsiya” deb ataladi.