vafot etdi
-
Endi din ishlari boʻyicha qoʻmitaga kelib tushgan murojaatlar yoki shu kabi qoʻlga kiritilgan maъlumotlar asosida masъul xodimlar "Sirli mijoz" tadbirida ishtirok etishadi. Yangi nizomga koʻra, qoʻmitaning masъul xodimlari oʻzini mijoz sifatida tanishtirgan holda "Umra" xizmatlarini noqonuniy amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar faoliyatini tekshiradi. Tadbir davomida noqonuniy faoliyati koʻrsatayotganlikda gumon qilinayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsga oid maъlumotlar toʻplanadi.
-
Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari vazirligi maъlum qilishicha, hozirgacha mamlakatga quruqlik, havo va dengiz orqali 600 mingdan ortiq ziyoratchi borgan. Bu Haj mavsumi uchun taqdim etiladigan umumiy vizalarning 42 foizini tashkil etib, xorijiy ziyoratchilar oqimi tezlashib borayotganini koʻrsatadi.
-
Din ishlari boʻyicha qoʻmita Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi litsenziya berish boʻyicha tanlov natijalariga koʻra yana 2 ta turfirmaga litsenziya berdi.
-
Saudiya Arabistoni hukumati Umra ziyorati uchun mamlakatga tashrif buyuruvchilarga qoʻyilgan meningitga qarshi majburiy emlash talabini bekor qildi.
-
Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboev Umra litsenziyasi uchun 1 million dollar miqdoridagi mablagʻni depozitga qoʻyish talabini yoqlab chiqdi. «Bu katta miqdor emas… Oʻsha 15 ming kishi bilan muammo boʻlganida, qoʻyilgan 100 ming dollarga 100 kishini ham qaytarib olib kelishga imkoniyatimiz yoʻq edi», — dedi Diniy qoʻmita vakili. U Umra ziyoratiga mustaqil borish haqida ham maʻʻlumot berdi.
-
Oʻzbekiston hukumati “Umra” faoliyatini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha talablarni kuchaytarishga qaratilgan qarorni qabul qildi. Unga koʻra, ushbu faoliyatni olib boruvchi tadbirkorlarga voyaga etmagan fuqarolarga xizmat koʻrsatmaslik, 1 mln AQSh dollari miqdordagi mablagʻni “Ziyorat” jamgʻarmasiga zaxira qilib qoʻyish hamda oʻz faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik kabi talablar qoʻyildi.
-
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish markazi umra mavsumi 10 sentyabrdan boshlanishini maʻʻlum qildi. Umra dasturiga koʻra, ziyoratchilar 3 kun Madinada, 7 kun Makkada boʻlishadi.
-
Prezident imzolagan yangi qonunga koʻra, endilikda Oʻzbekistonda Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi. Mazkur qonun talablarini bajarmagan tadbirkorlar BHMning 200 baravari (hozirda - 68 mln soʻm) miqdorida jarimaga tortiladi. Shuningdek, litsenziya olish uchun BHMning 10 baravari (3,4 mln soʻm) miqdoridagi davlat boji ushbu sohadagi vakolatli organ sifatida belgilangan Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga toʻlanadi.
-
Davlat rahbari Hajga, Umraga borib kelganlar maʻʻnaviyat targʻibotchisi boʻlishi kerakligini taʻʻkidladi.
- 01



















