Niger Kievni terrorchi guruhlarni qoʻllab-quvvatlashda ayblab, Ukraina bilan diplomatik munosabatlarni uzayotganini bildirdi. Avvalroq Mali hukumati ham xuddi shunday qarorni eʻʻlon qilgandi.
Mali iyulʻ oyida hukumat qoʻshinlarining jangarilar bilan jangdagi ogʻir magʻlubiyatida yuqori martabali ukrain amaldorlari muhim rolʻ oʻynaganini taʻʻkidlab, Ukraina bilan diplomatik aloqalarni uzishini maʻʻlum qildi.
Evropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan 200 mlrd evrolik aktivlaridan tushgan foydadan birinchi 1,5 milliard evroni ajratdi. Kreml munosib javob qaytarishga vaʻʻda berdi.
Ukraina «ZernoFromUA» insonparvarlik dasturi doirasida Falastinga 1000 tonna bugʻdoy yubordi. Mazkur yordam 100 mingdan ziyod falastinlik oilaning bir oylik ehtiyojini qoplaydi. Ukrainadan Gʻazoga navbatdagi gumanitar yuklar “yaqin oylarda” etkazilishi rejalashtirilgan.
Россия Украинанинг қатор шаҳарларига уюштирган кенг кўламли ракета ҳужумлари натижасида энг камида 37 киши ҳалок бўлди, уларнинг 3 нафари болалар, 170 дан ортиқ киши жароҳатланди. Киевда жойлашган мамлакатдаги энг йирик болалар шифохонасига жиддий зарар етди.
AQSh, Isroil va Ukraina Kievga sakkiztagacha Patriot havo mudofaa tizimini etkazib berish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Mutaxassislar agar havo hujumidan mudofaa tizimi Kievga topshirilsa, bu mamlakatning mudofaa qobiliyatini sezilarli darajada oshirishini taʻʻkidlashmoqda. Shunga qaramay, juda ehtiyotkor ishgʻolchi hukumat Isroilning Ukrainaga yordam koʻrsatish boʻyicha muzokaralarda ishtirok etishi uning Rossiya bilan munosabatlari yomonlashishiga olib kelishidan qoʻrqyapti.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya va Vʻetnam safarlari yakunlari boʻyicha matbuot anjumanida chiqish qilar ekan, Ukrainadagi urushga oid bir necha bayonot berdi. Jumladan, Putin Rossiya qoʻshinlarining, Ukraina talab qilayotganidek, ishgʻol etilgan hududlardan olib chiqib ketilishi “aftidan, hech qachon roʻy bermaydi”, degan. Gʻarb mamlakatlari siyosatchilarining Rossiyani jang maydonida strategik magʻlubiyatga uchratish istagi Kremlni faqatgina oxirigacha borishga majbur qilishi mumkin.
Qozogʻiston TIV vakili Oybek Smadiyarovning maʻʻlum qilishicha, qoʻshni davlat xalqaro tadbirlar jadvali tigʻizligi sabab Shveytsariyada boʻlib oʻtgan tinchlik sammitida ishtirok etolmagan. U rasmiy Ostonaning yakuniy deklaratsiyaga qoʻshilish imkoniyatlari haqidagi savolga javob bera turib, "sammitda ishtirok etmagani uchun, bu borada hech nima deya olmasligi"ni qoʻshimcha qilgan. Maʻʻlumot uchun, Shveytsariyaning Byurgenstok shahrida boʻlib oʻtgan sammitda 90 dan ortiq davlat va toʻrtta tashkilot vakillari ishtirok etdi. Kommyunikeni 92 davlatdan 80 tasi imzoladi. Sammitda Xitoy va Rossiya vakillari ham qatnashmadi.
Shveytsariyada Ukraina boʻyicha tinchlik sammiti Byurgenshtok deklaratsiyasining imzolanishi bilan yakunlandi. Yakuniy deklaratsiyaning aniq mazmuni oshkor etilmagan. Shunga qaramay, Shveytsariya prezidenti Viola Amxerd bu haqdagi savolga javob berib, "oziq-ovqat xavfsizligi hech bir holatda qurolga aylanmasligi kerakligi, savdo kemalariga, fuqarolik portlariga va marshrut boʻylab hujumlarga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi, barcha deportatsiya qilingan va noqonuniy koʻchirilgan ukrainalik bolalar hamda boshqa noqonuniy hibsga olingan ukrainaliklar vataniga qaytarilishi shartligi"ni aytib oʻtdi. Shuningdek, u atom energiyasi va yadro obʻʻektlari xavfsizligini taʻʻminlash masalasiga ham toʻxtalgan.
Ukrainada urush boshlangan 2022 yilning fevralidan 2024 yilning mayigacha mamlakatda 2652 dan ortiq xorijiy kompaniyalar ochildi. Ushbu kompaniyalarning 274 tasi yoki umumiy koʻrsatkichning 10,1 foizini tashkil etgan oʻzbekistonlik investorlar turklardan keyingi ikkinchi oʻrinni egalladi.