Turkiya va Ispaniya uzunligi taxminan 300 metr boʻlgan yirik aviatashuvchi kema ishlab chiqarishga kelishib oldi. Ushbu uchoq tashuvchi kema har ikki davlat floti manfaatlari yoʻlida xizmat qiladi.
Amerikalik sobiq diplomat Charlьz Frimanning aytishicha,
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon AQSh bilan mudofaa sanoatidagi hamkorlikning rivojlanishi ikki tomonlama savdo hajmini 100 milliard dollarga etkazishga xizmat qilishini aytib oʻtgan.
Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy Istanbulda Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan bilan uchrashdi. U mamlakatlar oʻrtasidagi chuqur tarixiy aloqalarga eъtibor qaratib, Turkiyani Islomiy Amirlik tashqi siyosatida “alohida va strategik” rolь oʻynaydigan davlat sifatida qayd etdi.
Turkiyaning uchuvchisiz uchoqlar ishlab chiqaruvchi Baykar kompaniyasi va Italiyaning mudofaa giganti Leonardo qoʻshma korxona tashkil etishadigan boʻldi. Shartnoma Rimda Leonardo bosh direktori Roberto Chingolani hamda Baykar raisi Selchuk Bayraktar tomonidan imzolangan. Maqsad – ushbu sohadagi ilgʻor turk ishlanmalarini Italiyaning yuqori texnologik standartlari bilan birlashtirish ekani aytilmoqda.
Turkiya prezidentining fikricha, Gʻarbning cheksiz koʻmagiga tayanib, Eronga hujum qilayotgan, Gʻazoni vayron etayotgan va mintaqadagi barcha davlatlarni mensimaydigan isroil oʻz qilmishlarining oqibatlarini oʻylamayapti. Ehtimol, kelajakda u oʻz xatosini tushunib etar, ammo juda kech boʻlishi mumkin.
Joriy yilning sentyabrь oyida Ozarbayjonning Boku shahrida “Cheksiz birodarlik – IV” nomli koʻp millatli harbiy mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Unda Ozarbayjon, Turkiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Pokistonning maxsus kuchlari ishtirok etadi. Mashgʻulotlar ishtirokchi davlatlarning qoʻshma operativ salohiyatini oshirishga hamda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon yangi konstitutsiya tayyorlash uchun 10 nafar huquqshunosdan iborat jamoa ish boshlaganini bildirdi. U "yangi konstitutsiya – shaxsiy manfaadorlik emas, balki milliy masala ekani"ga urgʻu bergan.
Anqara Bilim Universiteti tarkibida Turkiyada ilk bor Islomofobiyaga qarshi kurashish boʻyicha ilmiy markaz va tadqiqot instituti (CENTERCIF) ochildi.
Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MİT) Xitoy razvedkasi bilan aloqadorlikda ayblanayotgan 7 kishilik josuslik tarmogʻini fosh qildi. Tezkor operatsiya natijasida ularning davlat xizmatchilariga tegishli telefon qoʻngʻiroqlari, SMS xabarlarini kuzatgani hamda uygʻur jamoasi vakillarining joylashuvini aniqlash maqsadida soxta signal uzatuvchi stantsiyalardan foydalangani aniqlangan.