Turkiyada xususiy detektivlar orqali Isroil razvedka xizmati – MOSSADga maʻʻlumot sotgan etti nafar gumondor qoʻlga olindi. Ular biografik maʻʻlumotlar, foto-video hujjatlar toʻplash, jonli kuzatish va nishonlarga qarshi kuzatuv moslamalarini joylashtirish kabi faoliyatlarni amalga oshirgan.
AQSh Turkiya va Livandagi 3ta kompaniya va 1 jismoniy shaxsga nisbatan Islom inqilobi korpusi qoʻriqchilari va Hizbullohni moliyaviy qoʻllab‑quvvatlagani uchun sanktsiya kiritdi. Ular Eron xomashyosi tovarlarini jahon bozorida xarid qilish, tashish va sotishda ayblangan.
2023 yilda Turkiyaga 57 milliondan koʻproq (+11,1%) sayyoh tashrif buyurdi. Turizmdan tushgan daromad esa 54,31 milliard dollarni (+16,9%) tashkil etdi.
AQSh Davlat departamenti Turkiyaga 40 dona F-16 Block qiruvchi samolyotini sotish, mavjud 79 ta F-16 ni modernizatsiya qilish va ularga ehtiyot qismlar etkazib berish boʻyicha rasmiy xabarnoma joʻnatdi. Turkiya Shvetsiyaning NATOga qoʻshilishini maʻʻqullagani ortidan ushbu qarorga Kongress tomonidan ruxsat berilishi ehtimoli katta.
Turkiya Buyuk Millat Majlisi (GNTA) Bosh Assambleyasida Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilishni maʻʻqullovchi qonun loyihasi qabul qilindi. 346 deputatdan 287 nafari Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilish uchun ovoz berdi.
Turkiya Isroil bilan savdo aloqalari asosan ishgʻol ostidagi Falastin hududlari va Isroil fuqarolari hisoblangan falastinliklar bilan amalga oshirilayotganini maʻʻlum qildi.