Turkiya dunyo
-
Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon va Senegal bosh vaziri Usmon Sonko oʻrtasida yakkama-yakka uchrashuv va delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar boʻlib oʻtdi.
-
Turkiyaning yirik partiyalaridan biri, Erdoʻgʻon rahbarligidagi "Adolat va taraqqiyot" partiyasining asosiy ittifoqchilaridan biri boʻlmish HuDaPar ("Hur daъvo") partiyasi hukumatni oʻzbekistonlik mashhur olim, “Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad bilan bogʻliq masala boʻyicha shaffof bayonot berishga chaqirdi. "Xalqaro qonun va Turkiya tomonidan tan olingan shartnomalar zulm qilinish xavfi ostidagi shaxslarning biror talabga koʻra topshirib yuborilishini taqiqlaydi. Insonparvarlik tamoyillariga va qochqinlarning boshpana soʻrash huquqiga rioya qilinishi nafaqat konstitutsiyaviy, balki vijdoniy majburiyat hamdir", deyiladi HuDaParning bayonotida.
-
Istanbulda turkiy davlatlarning togʻchangʻi kurortlari Ittifoqini tashkil etish toʻgʻrisida memorandum imzolangan. U Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya va Oʻzbekiston togʻ kurortlari vakillarini birlashtiradi.
-
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi. U Istanbul shahrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bilan yopiq eshiklar ortida uchrashdi. Uchrashuvdan soʻng har ikki davlat rahbarlari jurnalistlar uchun bayonot berdi. Bayonotdagi asosiy fikrlar.
-
Turkiya Xitoyning Garasis kompaniyasi bilan mahalliy Togg elektromobillari uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarmoqchi.
- 01
















