turk davlatlarining tashkiloti
-
Bishkekda boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʻʻzo mamlakatlar davlat rahbarlari sammitida tuzilmaning yangi bayrogʻi qabul qilindi. Unda Saljuqiylar yulduzi yoki oʻgʻuzlar yulduzi nomi bilan mashhur sakkiz qirrali yulduz eski bayroqdagi oy, yulduz va quyosh tasvirlarini oʻz ichiga olgan.
-
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Bishkekda boʻlib oʻtayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sammitida nutq soʻzladi. U oʻz nutqida Yaqin Sharqdagi vaziyatga ham toʻxtalib, Isroil tomonidan YuNRVA faoliyatining cheklanganini keskin qoraladi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoev TDK faoliyatini kengaytirish boʻyicha bir qator takliflarni ilgari surdi.
-
6 noyabrʻ kuni Bishkekda Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining 11-sammiti boʻlib oʻtadi. Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov mezbonlik qiladigan sammitda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya va Oʻzbekiston prezidentlari ishtirok etadi.
-
Qozogʻistonning Turkiston shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti Milliy Xavfsizlik Kengashi raislarining III yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
-
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ilk bor ishtirok etgan Qibris Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar 1974 yilda “Qibris tinchlik harakati” amalga oshirilmaganida, harbiy xunta musulmonlarni oroldan batamom yoʻq qilib yuborgan, bugun u erda turklar yashamayotgan boʻlardi, dedi.
-
Ozarbayjonning Armaniston ishgʻolidan ozod qilingan Shusha shahrida 5-6 iyulʻ kunlari Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʻʻzo davlatlar rahbarlari sammiti boʻlib oʻtadi. “Transport aloqalari orqali barqaror kelajakni qurish va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish” mavzusidagi sammit tashkilotning asosiy masalalari va kun tartibi boʻyicha yuqori darajadagi muhokamalar uchun platforma boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda.
-
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) yangi geosiyosiy oʻyinchi sifatida xalqaro maydonga chiqdi. Bu haqda Amerikaning Eurasia Review nashrida tahliliy maqola chop etildi. Maqolada har bir davlat TDTning teng huquqli aʻʻzosi hisoblanishi tashkilotning yutugʻi sifatida eʻʻtirof etilgan. Muallif MDH, Britaniya hamdoʻstligi yoki Frankofoniya singari tashkilotlarda sobiq mustamlakachi davlatlar etakchilik qilishi, qolgan davlatlar esa siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va xavfsizlik masalasida kuchlilarning gapiga quloq solishini qoʻshimcha qilgan.
-
Turkiy davlatlar qoʻshma kichik CubeSat sunʻʻiy yoʻldoshini ishlab chiqish uchun maxsus muhandislar guruhini tuzishni rejalashtirmoqda. Mazkur jamoa oʻz faoliyatini Qozogʻistondagi tadqiqot markazida amalga oshiradi.
-
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev Turkiy davlatlar tashkiloti xalqaro maydonda nufuzli va nufuzli oʻyinchiga aylanib borayotganini aytdi. “Nisbatan qisqa tarixiy davrda davlatlarimiz hamkorligi oʻzining hayotiyligini koʻrsatdi va turkiy dunyo konturlarini yangi geosiyosiy voqelik sifatida belgilab berdi. Bizning vazifamiz, majoziy maʻʻnoda, kuchli genlarga ega bu niholning barqaror rivojlanishini taʻʻminlashdir”, dedi u.
- 01





















