Tolibon
-
Afgʻonistonning Ummondagi elchixonasi qaytadan oʻz faoliyatini boshladi. Qayd etilishicha, elchixona faoliyati "Tolibon" tayinlagan diplomatlar tomonidan yuritilmoqda. Hozirda dunyoning 39 ta davlatida afgʻon diplomatik vakolatxonasi faoliyat koʻrsatmoqda.
-
Qirgʻiziston Qozogʻiston ortidan Tolibonni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi. Mintaqadagi koʻplab davlatlar Kobul bilan keng koʻlamli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻydi, qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kirishdi. Bu davlatlarning Tolibon bilan munosabatlarni yaxshilashga intilishining sababi nimada?
-
AQSh boshchiligidagi global kuchlar Afgʻonistonga bostirib kirganidan soʻng 20 yil oʻtib, 2021 yil avgustida mamlakatni tark etdi. Hokimiyat Tolibon qoʻliga oʻtdi. Oradan uch yil oʻtib, Tolibon asta-sekinlik bilan tan olinmoqda. Xususan, BAA Tolibonning yangi elchisi, Qozogʻiston esa ishonchli vakilidan yorliqlarni qabul qilib oldi.
-
Afgʻoniston hukumati BMTning Afgʻonistondagi inson huquqlari boʻyicha maxsus maʻʻruzachisi Richard Bennetning mamlakatga kirishini taqiqladi. Tolibon mutasaddilarining fikricha, Bennet “ishonchli odam emas” va Afgʻonistonda tashviqot olib borish uchun tayinlangan.
-
Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Afgʻoniston Islom Amirligiga tashrif buyurib, Tolibon rahbariyati bilan koʻp tomonlama muzokaralar oʻtkazdi. Uchrashuvlarda oʻzaro savdo aylanmasini 2024 yilda 1 mlrd dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 mlrd dollarga etkazish, Afgʻonistonda Oʻzbekiston mahsulotlari koʻrgazmasini tashkil etish, afgʻon tadbirkorlarining Oʻzbekistonda faol ishlashini taʻʻminlash masalalari muhokama qilindi.
-
15 avgust kuni AQSh boshchiligidagi Gʻarb qoʻshinlari Afgʻonistonni tark etib, hokimiyat Tolibon qoʻliga oʻtganiga uch yil toʻldi. Shu munosabat bilan 20 yil davomida AQShning asosiy operatsiyadariga tayanch boʻlib xizmat qilgan sobiq "Bagram" bazasida harbiy parad oʻtkazildi. Unda SSSR va Gʻarbdan tortib olingan harbiy texnikalardan foydalanildi.
-
Pokiston harbiylari Afgʻonistonning chegaradon Torxam shahrini minomyotlar bilan oʻqqa tutdi. Natijada ona va uning bolasi halok boʻldi, yana bir kishi jarohatlandi. Hujumga javoban “Tolibon” ham Pokistonning chegaradagi postlarini bombardimon qildi.
-
Tolibon hukumati Afgʻonistonning Gʻarb mamlakatlaridagi sobiq maʻʻmuriyatga sodiq qolayotgan bir qator elchixonalari bilan konsullik aloqalarini uzganini maʻʻlum qildi. Hozircha hech bir davlat 2021 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan Tolibon hukumatini rasman tan olgani yoʻq, biroq soʻnggi uch yil ichida Kobul ayrim qoʻshni davlatlardagi elchixonalarga oʻz elchilarini tayinladi.
-
Qatar poytaxti Doha shahrida BMT shafeligida Afgʻoniston boʻyicha uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda. Unda AQSh boshqa bir qator mamlakatlar bilan birga Afgʻonistonning bank va iqtisodiy faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilishga vaʻʻda berdi. Tolibon ushbu vaʻʻdani olqishladi. “Rossiya, Xitoy, Eron, Pokiston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, AQSh va Islom hamkorlik tashkilotining pozitsiyasi olqishga loyiq”, - dedi Tolibon vakili Zabihulloh Mujohid.
-
Tolibon Isroil Livanga bostirib kirgan taqdirda shimoliy frontda Hizbulloh qarshilik harakati bilan birga ishgʻolchilarga qarshi jang qilmoqchi. Harakat etakchilari Eronga ular safidagi minglab jangchilar imkoni boʻlsa "ushbu sharafli urushga borishga tayyor"ligini etkazgan.





















