tez harakat kuchlari
-
Sudandagi mojaro muhim pallaga keldi. Oʻttiz toʻqqiz oylik fuqarolik urushidan soʻng Sudan qurolli kuchlari (SAF) juma kuni ertalab Xartum markazidagi prezident saroyini qayta qoʻlga kiritib, urush boshidan beri hududni nazorat qilib kelayotgan isyonchi yarim harbiy guruh – Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari (RSF)ga jiddiy va hal qiluvchi zarba berdi.
-
Sudan hukumati Tezkor harakat kuchlarining (RSF) poytaxt Xartum gʻarbidagi Omdurmanda masjidga uyushtirgan artilleriya hujumida kamida besh nafar tinch aholi halok boʻlganini maʻʻlum qildi. Shuningdek, masjid imomi va bir qancha bolalar jarohatlangan.
-
Sudanda Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari (RSF) Shimoliy Darfurning Malha hududida Sudan armiyasi tomonidan bombardimonchi sifatida foydalanilayotgan samolyot urib tushirilganini maʻʻlum qildi. Biroq qoldiqlar Il-76 samolyotiga tegishli boʻlib, ekipaj aʻʻzolaridan biri BAAda joylashgan Qirgʻizistonga aloqador Airline Transport Incorporation FZC kompaniyasi guvohnomasi boʻlgan.
-
Sudanda hukumat armiyasi va Tezkor harakat kuchlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar boshlanganiga 500 kun boʻldi. Bu davr mobaynida mamlakat har tomonlama tanazzulga yuz tutdi, 19 mingga yaqin inson halok boʻldi, 10 milliondan ziyoj kishi uy-joylarini tashlab ketishga majbur boʻldi.
- 01















