Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Shushada boʻlib oʻtadigan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun 5−6 iyulʻ kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda boʻladi.
Prezident Shavkat Mirziyoev Darband va Mahachqalʻʻa shaharlarida sodir etilgan qurolli hujum oqibatida koʻplab huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va fuqarolar qurbon boʻlgani munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yoʻllab, chuqur hamdardlik bildirdi. Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, qurolli hujum oqibatida 15 nafar politsiyachi hamda ikki fuqaro halok boʻlgan. Ushbu qurolli hujum ortidan Dogʻistonda uch kunlik motam eʻʻlon qilindi.
Shavkat Mirziyoev Rejep Tayyib Erdoʻgʻan bilan uchrashuvda Gʻarb davlatlarining Falastinga nisbatan munosabatlarini tanqid qildi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 may kuni Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, Ibrohim Raisiy va boshqalarning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Shavkat Mirziyoevga Oʻzbekiston bosh muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov hamrohlik qildi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev qisqa muddatli mehnat taʻʻtiliga chiqdi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon esa 12 yillik tanaffusdan soʻng ilk bor Iroqqa bir kunlik tashrif bilan bormoqda. Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliev Rossiyaga tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-19 aprelʻ kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻldi. Shavkat Mirziyoev tashrif davomida Emomali Rahmon tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar oʻtkazdi, shuningdek, Tojikiston Parlamenti quyi palatasi raisi Mahmadtoir Zokirzoda va bosh vazir Qohir Rasulzoda bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Tashrifning qisqacha tafsiloti.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Qatar bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy, shuningdek, Saudiya Arabistoni TIV rahbari shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saudni qabul qildi. Uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorliklarni rivojlantirish bilan bir qatorda Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda Falastin muammosini tinch yoʻl bilan hal etish yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekiston prezidenti Ramazon hayiti arafasida 426 nafar mahbusni afv etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Afv etilganlarning 135 nafari asosiy jazodan toʻliq, 200 nafari shartli ozod etildi. Ular orasida 11 nafar xorijlik va 3 nafar voyaga etmagan shaxslar bor.
Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqaev 5 aprelʻ kuni tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Xiva shahrida prezidentlar norasmiy uchrashuv oʻtkazdi. Muzokaralarda ikki davlat oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlikdan tashqari, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʻʻminlash masalalari boʻyicha fikr almashdi.
Shavkat Mirziyoev huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokidagi yigʻilishda IIV va Milliy gvardiyaga aholi gavjum joylarda sodir etilishi mumkin boʻlgan terrorchilik harakatlarining oldini olishga qaratilgan taʻʻsirchan choralarni koʻrishni topshirdi.