Shanxay hamkorlik tashkilotining Tianjin sammitida hamda Xitoy xalqining yapon bosqinchilariga qarshi urushdagi gʻalabasi va Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etayotganingiz munosabati bilan sizni Xitoyda qutlashdan mamnunman", deyiladi XXR raisining Oʻzbekiston prezidentiga yoʻllagan maktubida.
Ozarbayjonda Oʻzbekiston prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan shaxs ushlandi. Qayd etilishicha, A.Yusupov Oʻzbekiston prezidenti shaъni va qadr-qimmatini haqorat qilish jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan. Joriy yilning aprelь oyida Ozarbayjonda shaxsi aniqlanib, hibsga olingan va unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev masъullarga erta nikoh uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini tayyorlash haqida topshiriq berdi.
Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan 2-4 iyul kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Tashrif davomida Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarida kooperatsiya va almashinuvlarni kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoev Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqaev taklifiga binoan "Markaziy Osiyo – Xitoy" formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etish uchun bugun, 17 iyunь kuni amaliy tashrif bilan Ostonada boʻladi. Tadbirda mintaqa davlatlari rahbarlari va Xitoy raisi Si Tszinpin ishtirok etadi.
Prezident Shavkat Mirziyoev Ahmadobod shahri hududida yuz bergan aviahalokat oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga taъziya maktubi yoʻlladi. Maъlumot uchun, Hindistonda halokatga uchragan Air India aviakompaniyasining Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti bortidagi barcha 242 kishi halok boʻldi. Hodisa bugun, 12 iyunь kuni Ahmadobod shahri aeroporti yaqinida sodir boʻlgan.
"Biz Ukraina bilan bogʻliq vaziyatni faqat diplomatik yoʻllar bilan hal etish zarur, deb hisoblaymiz va Istanbulda boʻlib oʻtayotgan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni olqishlaymiz. Shu bilan birga, koʻpdan buyon choʻzilayotgan Gʻazo fojiasiga eъtiboringizni qaratmoqchiman. XXI asrda koʻz oʻngimizda koʻplab begunoh insonlarning nobud boʻlayotganini hech nima bilan oqlab boʻlmaydi", degan prezident Shavkat Mirziyoev.
Shavkat Mirziyoev vatandoshlarimizni, shu jumladan, hozirda xorijiy davlatlarda boʻlib turgan vatandoshlarimizni ham ulugʻ ayyom bilan qutlab, ularga sogʻlik-omonlik tiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoev Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19 may kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Prezident Shavkat Mirziyoev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida boʻladi. Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80 yilligiga bagʻishlab oʻtkaziladigan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.